Atoqli davlat va jamoat arbobi, Özbekiston suv xöjaligi vazirining maslahatçisi Ismoil Jörabekov joriy yil 28 sentabr kuni vafot etgan edi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun ta’ziyali xonadonga taşrif buyurdi. Qur’on tilovat qilinib, duo öqildi.

Davlat rahbari marhumning ezgu işlarini, vatanga xizmatlarini yodga oldi.

Ismoil Jörabekov 1931 yil 12 sentabrda Samarqand şahrida işçi oilasida tuğilgan. Mehnat faoliyati davomida suv xöjaligi sohasida mas’ul lavozimlarda mehnat qilib, respublikamizda irrigatsiya va melioratsiya sohasini rivojlantirişga munosib hissa qöşdi. 1985 yilda Özbekiston Vazirlar kengaşi raisining birinçi örinbosari etib tayinlandi.

Mustaqillik yillarida I.Jörabekov Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari, Davlat suv nazorati boşliği, Özbekiston prezidentining davlat maslahatçisi lavozimlarida ham samarali faoliyat olib bordi.

Sönggi yillarda I.Jörabekov mötabar yoşda bölişiga qaramasdan, suv xöjaligi vazirining maslahatçisi sifatida xizmat qilib, Yangi Özbekistonni barpo etişga qaratilgan keng kölamli islohotlarni amalga oşirişda faol iştirok etdi.

Davlat va jamoat arbobining xalq va vatan oldidagi xizmatlari munosib baholanib, u “Özbekistonda xizmat körsatgan irrigator” faxriy unvoni hamda davlatning bir qator yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan edi.

Davlat rahbari marhumning farzandlari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, sabr-toqat tiladi. Ular prezidentga taşrifi va dalda sözlari uçun minnatdorlik bildirdi.