Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.
Qaşqadaryoda 1,5 mlrd kub metr hajmdagi yerosti gaz saqlaş ombori quriladi
Qaşqadaryo viloyati Koson tumanida gazni yer ostida saqlaş inşooti (GeSI) quriladi. Energetika vazirligi va Xitoyning China National Petroleum Corporation örtasida gazni yer ostida saqlaş inşootini barpo etişda dastlabki tadqiqot işlarini amalga oşiriş böyiça hamkorlik memorandumi imzolandi.
Inşoot «Qorabayir» koni negizida quriladi. Unda 1 mlrd 500 mln kub metr hajmdagi aktiv tabiiy gazni saqlaş imkoniyati yaratiladi.
Toşkent viloyatida Bözsuv kanaliga oqizilayotgan rangli oqova suvlar böyiça jinoyat işi oçildi
Bözsuv kanalining ifloslanişi holati böyiça Boş prokuratura tomonidan «Toşkent suv ta’minoti» korxonasiga nisbatan jinoyat işi oçildi.
Hozir Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Tergov versiyasiga köra, «Toşkent suv ta’minoti» ifloslantiruvçi moddalarni taşlaydigan sanoat korxonalari bilan şartnomalar tuzgan, laboratoriya ölçovlarini ötkazgan va kimyoviy çiqindilarni kanalizatsiya tarmoğiga rasman qabul qilgan. Şu bilan birga, amaldagi me’yorlar kimyoviy oqova suvlarni kanalizatsiya tizimiga qabul qilişni taqiqlaydi. Jinoyat işi doirasida 70 dan ortiq tadbirkorlik sub’yektlari tekşirilgan.
Quriliş korxonalari şartnomani bekor qilgan mijozlardan noqonuniy jarima undirayotgani aniqlandi
Ayrim quriliş korxonalari mijozlar bilan imzolangan şartnomalarga qonunçilikka zid bandlar kiritayotgani aniqlandi, deb xabar berdi Raqobat qömitasi.
Xususan, şartnoma şartlarida «agar iste’molçi öz taşabbusi bilan şartnomani bekor qilsa, quriliş taşkiloti iste’molçi tomonidan tölangan mablağning yoki şartnoma qiymatining 10 foizi miqdoridagi summani jarima sifatida uşlab qoliş huquqiga ega» deb belgilangan.
Raqobat qömitasi bunday talab qonun me’yorlariga zid ekanini ma’lum qildi.
Daraxtzorlarning noqonuniy kesilişi kosmik monitoring orqali aniqlanadi
Prezident farmoniga köra, 2026 yildan boşlab, kosmik texnologiyalar imkoniyatidan kelib çiqqan holda daraxtzorlarning noqonuniy kesilişini kosmik monitoring orqali aniqlaş yölga qöyiladi.
Energetika vazirligi tomonidan agentlik bilan birgalikda agentlik imkoniyatlaridan foydalangan holda, «yaşil» energetikani rivojlantiriş maqsadida 2026 yil 1 oktyabrgaça Surxondaryo viloyatida quyoş panellarini joylaştiriş va yuqori samaradorlikka erişiş imkoniyati mavjud bölgan maydonlar aniqlanadi.
Transport vazirligi tomonidan temiryöllar holatini tezkor nazorat qilişga ötiş maqsadida, agentlik imkoniyatlaridan foydalangan holda 2026 yil 1 oktyabrgaça Toşkent–Angren yönalişidagi temiryölda aerokosmik monitoring amalga oşiriladi.
Samarqandda hamşira tuğuruqxonadan çaqaloq öğirladi va sotib yubordi
Samarqand viloyati, Payariq tumani markaziy şifoxonasi tuğuruqxona bölimi hamşirasi ruhiy nosoğlom ayolning 3 kunlik qiz farzandini aldov yöli bilan öğirladi.
Söngra bolani 5 mln söm va 100 AQŞ dollariga sotib, pulni özining şaxsiy ehtiyojlariga sarflab yubordi. Sud hukmi bilan hamşira 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.











