9 sentabr kuni öz lavozimiga tayinlangan Fransiya boş vaziri Sebastyan Lekornyu yangi vazirlar mahkamasining bir qismini taqdim etdi. Vazirlar röyxati 5 oktyabr, yakşanba kuni hukumat saytida e’lon qilindi.
Jami 16 nafar yangi vazir va ikki vazir – boş vazir huzuridagi delegatlar e’lon qilindi. Ulardan 12 nafar siyosatçi Emmanuel Makron davridagi hukumatlarda işlagan. Misol uçun, Jan-Noel Barro taşqi işlar vaziri lavozimini saqlab qoldi, Bruno Retayo esa Içki işlar vazirligini boşqarişda davom etadi.
Bundan taşqari, sobiq boş vazir Elizabet Born milliy ta’lim va oliy ta’lim vaziri, Raşida Dati madaniyat vaziri, Anes Pane-Ryunaşe ekologiya vaziri, Manuel Vals çet el hududlari vaziri, Jyerald Darmanen adliya vaziri, Ani Jyenevar qişloq xöjaligi vaziri, Katrin Votren mehnat, salomatlik, adolat va oila vaziri lavozimida qoladi.
Röyxatda olti yangi nom paydo bölgan bölsa-da, faqat ikkita asosiy pozitsiya özgartirildi. 2022 yildan 2024 yilgaça iqtisodiyot va moliya vaziri bölgan Bryuno Le Mer endi Qurolli kuçlar vazirligini boşqaradi, bu lavozimni ilgari Lekornyuning özi egallagan edi. Bir yil avval böşatilgan Le Mer lavozimiga esa avval Sanoat va energetika vazirligini boşqargan Rolan Leskyur tayinlanadi.
Yangi vazirlar mahkamasining birinçi yiğilişi 6 oktyabr kuni Makron iştirokida bölib ötadi. Lekornyu 7 oktyabr kuni mamlakat parlamentining quyi palatasi bölmiş Milliy majlisda asosiy nutq sözlaşi rejalaştirilgan. Şundan söng yangi vazirlar mahkamasining qolgan a’zolari e’lon qilinişi kutilmoqda.








