IIBga köra, joriy yilning 9 oktyabr kuni soat 14:15 larda IIB Patrul-post xizmati bataloni inspektori boşqaruvidagi “Nexia-3” rusumli xizmat avtomobili Samarqand şahri, Buyuk Ipak yöli köçasi böylab harakatlaniş vaqtida “Damas” rusumli maşina orqa qismiga borib urilgan.
Zarba ta’sirida “Damas” oldida töxtab turgan “Damas-2” va “Lacetti” avtomaşinalari bilan töqnaşib, yöl-transport hodisasi yuz bergan.
Hodisa natijasida “Nexia-3” xizmat avtomobilida bölgan inspektor hamda “Damas” haydovçisi yaralanib, ularga tibbiy yordam körsatilgan va ambulator tarzda javob berilgan. Barça haydovçilar hodisa vaqtida huşyor holatda bölgan.
Hozirda voqea böyiça Samarqand şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.








