Aka-uka onlayn qimorga mukkasidan ketgan örtança öğilni bu yöldan qaytariş maqsadida daraxtga boğlab qöyib, kaltaklaşgan. Oqibatda oğir tan jarohati olgan 29 yoşli yigit vafot etgan. «Odamlardan, bankdan qarz olib, onlayn qimorga tikib yuborardi. Odamlar uyga qarzlarini sörab kelardi, akasi va ukasi tölardi», degan öğillarning otasi sudda.
Samarqand şahrida qimorga berilgan örtança öğilning ölimiga sabab bölgan aka-uka jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, 30 yoşli U.A. va 23 yoşli Q.A. örtança öğil J.A.ni qimor öyinidan qaytariş maqsadida «tarbiyalab» qöymoqçi bölişgan. Ular 2025 yil 20 iyun kuni soat 15:00 larda yaşaş uylarida J.A.ni kaltaklab, arqon bilan hovlidagi daraxtga boğlab qöyişgan. Söngra U.A. ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qilingan J.A.ning tanasining turli qismlariga sim kabel bilan şafqatsizlarça urib, unga qasddan jarohat yetkazgan. Oqibatda oğir tan jarohati olgan J.A. hodisa joyida vafot etgan.
U.A. sudda aybiga töliq iqrorlik billirgan va maqsadi ukasini qimordan qaytariş bölganini aytgan.
«Örtança ukam J.A. ayrim fuqarolardan qarz bölib qolgandi. Topgan pulini onlayn qimorga tikib yuborardi. Uydagi köp narsalarni, turmuş örtoği, hatto onamga tegişli bölgan tilla taqinçoqlarni ham sotib, pullarini onlayn qimorga sarflab yubordi.
2025 yil 20 iyun kuni tuşlikka yaqin ukamning oldiga borib, tölaşi lozim bölgan krediti nima bölganini söradim. U pullarni qimorga tikib, yutqazib qöygani, işlab tölaşini aytdi. Uning gaplaridan jahlim çiqib, oğzaki tarzda tortişib qoldim. Söngra uni bu yöldan qaytariş maqsadida kiçik ukam Q.A.ga qönğiroq qilib, uni çaqirdim.
Şu kuni soat 15:00 lar atrofida J.A.ni urdik. Söngra arqon bilan hovli örtasidagi daraxtga boğladik. Şundan keyin taxminan 30 daqiqa tanasining duç kelgan joylariga sim kabel bilan urdim. Kiçik ukam esa yonimda qarab turdi. J.A.ning yuzi, boşi va tanasi şilinib, qon oqa boşladi. Keyin uni arqondan böşatib, yuvintirdik hamda taşqaridagi krovatga yotqizdik. J.A. issiq ekanini aytgaç, uyga olib kirdik. Söngra u dam olişini aytib, uxladi. Ança vaqt ötgaç tobi qoçdi, yuragi sekin ura boşladi. Tez tibbiy yoram çaqirdik. Yetib kelgan şifokorlar ukam vafot etganini aytişdi», degan U.A. suddagi körsatmasida.
Aka qilgan işidan puşaymonligini aytib, bir ukasining ölimiga, kiçik ukasining qamalişiga sababçi bölganidan vijdon azobida qiynalayotganini bildirgan.







