MLS çempionatining «Inter Mayami» klubi öz rasmiy saytida argentinalik hujumçisi Lionel Messi bilan şartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
38 yoşli futbolçi bilan yangi kelişuv 2028 yil oxirigaça amal qiladi. Futbolçining avvalgi şartnomasi 2025 yil oxirigaça möljallangan edi.
«Men bu yerda qolib, uşbu loyiha ustida işlaşda davom etayotganimdan juda xursandman. Bu loyiha – «Mayami Fridom Park» stadionida öynaş nafaqat orzum, balki ajoyib reallikka ham aylandi. Mayamiga kelganimdan beri juda baxtiyorman, şuning uçun bu yerda öynaşda davom etişimdan çin dildan xursandman», – degan Messi.
Messi «Inter Mayami» safida 2023 yil yozidan buyon töp surib kelmoqda. Bu vaqt içida hujumçi barça musobaqalar doirasida 82 ta öyinda maydonga tuşib, 71 ta gol va 37 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
«Oltin töp»ning sakkiz karra ğolibi va jahon çempioni uşbu jamoa bilan Şimoliy Amerikaning Liga Kubogi va 2024 yilgi MLS muntazam çempionatida ğolib çiqqan.
Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga köra, futbolçining bozor narxi 18 mln yevroni taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, sönggi ön yilliklarning yana bir yulduzi, olti karra «Oltin töp» sohibi, portugaliyalik Kriştianu Ronaldu ham şu yil yozida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi bilan şartnomasini uzaytirgandi. Ayni vaqtda 40 yoşda bölgan futbolçining yangi şartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi. U şu şartnoma evaziga millarder futbolçiga aylandi.












