Istanbul şahri meri Akrom Imomöğliga yangi ayblov qöyildi: bu safar unga qarşi «siyosiy josuslik» işi oçildi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning asosiy raqibi hisoblangan Imomöğli joriy yil martidan beri korrupsiya işi böyiça hibsda; yozda u Istanbul prokuroriga qarşi haqorat va tahdidlar işi böyiça 20 oylik qamoq jazosiga hukm qilingandi. Siyosatçining özi barça ayblovlarni rad etgan.

Siyosiy josuslik işi böyiça tergov ötgan hafta boşlangan, deb xabar berdi Associated Press. Imomöğli joriy yilning iyul oyida hibsga olingan, göyoki xorijiy razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilgan tadbirkor bilan aloqada bölganlikda gumonlanmoqda.

Xususan, Turkiyaning Anadolu davlat agentligi xabar berişiça, Istanbul meri 2019 yilgi saylovoldi kampaniyasini xorijdan moliyalaştiriş evaziga şahar aholisi haqidagi ma’lumotlarni berişda ayblanmoqda.

Imomöğlidan taşqari, uning kampaniyasining sobiq menejeri Nejati Özkan va jurnalist, muxolifatdagi Tele 1 telekanali rahbari Merdan Yanardağga ham ayblov qöyilgan.

Hurriyet Daily News xabariga köra, telekanal davlat nazoratiga olingan, uning YouTube kanali yopilgan.

Imomöğli 26 oktyabr kuni sudda yangi iş böyiça körsatma berdi. U josuslik ayblovlarini ham rad etdi.

«Mening fikrimça, josuslik – bu xiyonat. Rimni yoqib yuborişda ayblanişim bundan köra reallikka yaqinroq bölardi», – deya uning sözlarini keltiradi turk naşrlari.

Sud binosi oldida merning yuzlab tarafdorlari töplandi. Associated Press xabariga köra, Imomöğli yetti oy içida birinçi marta Istanbul çekkasidagi qamoqxonani tark etgan.

Jumhuriyat xalq partiyasi (CHP) vakili Imomöğli 2019 yilda Istanbul merligi uçun saylovda ğalaba qozongan. Avvaliga natijalar bekor qilingandi, ammo u takroriy saylovda yanada kattaroq ustunlik bilan ğalaba qozongandi.

CHP 2024 yilgi munitsipal saylovlarda yana birinçi örinni egalladi, ekspertlar hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) nomzodining mağlubiyatini «Erdöğanning tarixdagi eng yirik mağlubiyati» deb atadi.

Imomöğlining Istanbul meri sifatidagi vakolati 2025 yil mart oyida korrupsiyada gumonlanib hibsga olinganidan keyin töxtatilgan edi.