Avstraliya qirğoqlarida Birinçi jahon uruşi paytida ikki avstraliyalik askar frontga ketganidan bir neça kun ötib yozgan maktublar solingan şişa topildi.
ABC xabariga köra, noyob topilma 1916 yilga mansub bölib, 9 oktyabr kuni Pert şahridan 600 kilometr janubi-şarqda joylaşgan Uorton plyajidan topilgan.
Mahalliy aholi vakili Debra Braun va uning oilasi a’zolari plyajni tozalayotganda askarlarning xatlari solingan şişani topib olişgan.
Braunning aytişiça, ular avvaliga xatni öqiş imkonsiz deb öylaşgan, çunki şişa içida suv kirib qolgandi. Biroq uni bir neça kun quritişga qöyib, jarrohlik qayçisi yordamida xatni çiqarib olişga muvaffaq bölişgan.
Pişiq şişa idiş içidan 27 yoşli oddiy askar Malkolm Nevil va 37 yoşli Uilyam Harli tomonidan 1916 yil 15 avgustda qalam bilan yozilgan maktublar çiqqan.
Oddiy askar Nevil 28 yoşida Fransiyada halok bölgan, öşanda u şişani suvga otganidan bir neça oy ötgandi. Uilyam Harli ikki bor yaralanadi, ammo uruşdan omon çiqadi. U 1934 yilda saratondan vafot etadi, qarindoşlarining sözlariga köra, u xandaqdaligida gaz hujumiga uçragani tufayli unda şunday kasallik paydo bölgan.
Malkolm Nevil öz onasiga yozgan maktubida bortdagi taomlar «juda yaxşiligi», faqat bitta ovqatni «dengiz tubiga ravona qilişayotgani»ni aytadi.
«Bizning Ballarat nomli kemamiz çayqaladi va böron turadi, ammo biz har qaçongidan köra baxtiyormiz. Muhabbat bilan, öğling Malkolm».
HMAT A70 Ballarat harbiy kemasi 12 avgust kuni Adelaidadan yölga çiqqandi, uning bortidagi askarlar Avstraliyaning Ğarbiy frontdagi 48-piyodalar batalyoni saflarini töldiriş uçun olib ketilgan.
Oddiy askar Nevil şişani topib olganlardan xatni uning onasi, Janubiy Avstraliyadagi Uilkavett şaharçasida (hozirda bu joy amalda kimsasiz hududga aylangan) yaşovçi Robertina Nevilga yetkazişni söragan.
Onasi 1916 yilda vafot etgan janob Harli esa xatni topib olgan inson uni özida qoldirişiga qarşi emasligini aytgan.

Qoğozlar höl bölganiga qaramay, undagi yozuvlar oson öqilgan va Debra Braun ikkala askarning oilasi bilan boğlana olgan.








