Transport vazirligiga raqobatni oşiriş, parvozlar geografiyasini diversifikatsiya qiliş, ICAO standartlarini milliy huquqqa joriy etiş va sohaning uzoq muddatli strategiyasini işlab çiqiş vazifalari yuklandi. “Özaeronavigatsiya”ga navigatsiya uskunalarini modernizatsiya qiliş, PBN tizimini joriy etiş vazifasi berildi. 

“Özaviatsiya” agentligiga qöşimça 51 ta ştat ajratilib, boşqaruv xodimlari limiti 109 ta etib belgilandi, zarur holda 25 foizgaça xorijiy mutaxassislarni jalb qilişga ruxsat berildi. 

Toşkent xalqaro aeroportidagi tibbiy-körik komissiyasi tugatilib, 2026 yil 1 apreldan “Özaviatsiya” tarkibida aviaxodimlarni tibbiy körikdan ötkazuvçi bölim taşkil etiladi. 

Rezident aviakompaniyalarning yölovçi va yuk havo kemalari importi bojxona boji va QQSdan ozod etiladi. 2026–2028 yillarda davlat budjeti hisobidan har yili 250 mlrd söm aerodromlar va havo harakatini boşqariş tizimini modernizatsiya qilişga yönaltiriladi. 

Transport vazirligi huzurida yuridik şaxs maqomisiz jamğarma tuziladi, daromad manbai — xalqaro reyslar böyiça aeroport yiğimlari. Jamğarma mablağlari “Özaviatsiya” faoliyatini moliyalaş, uçuvçi va bortkuzatuvçilar tayyorlaş, aviaxodimlarni rağbatlantiriş, aviahodisalar tekşiruvi va laboratoriya bazasini yaratişga sarflanadi. 2026 yil 1 yanvardan “Özaviatsiya”ni budjetdan moliyalaş bekor qilinadi. 

Aeroport yer uçastkalarida quriliş işlari ICAO xavfsizlik talablari asosida “Özaviatsiya” bilan kelişilgan tartibda amalga oşiriladi, aeroport infratuzilmasini rivojlantiriş uçun yerlar Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga doimiy foydalanişga beriladi. 

3 oyda “Özaviatsiya”da yölovçilar murojaatlarini qabul qiluvçi CRM va call-markaz işga tuşiriladi, Skytrax’ga öxşaş xalqaro baholaş tizimi joriy etiş böyiça takliflar kiritiladi, ehtiyot qismlar uçun pul (pool) şartnomalari tizimi yölga qöyiladi. 

Hukumatga bir oyda — aviatsiya davlat siyosati böyiça ma’muriy reglament, havo harakatini boşqarişni takomillaştiriş çoralari, ikki oyda — uçuvçi va bortkuzatuvçi tayyorlaş öquv muassasasi hamda Aviatsiyani qöllab-quvvatlaş jamğarmasi töğrisidagi hujjatlar loyihalarini kiritiş topşirildi. 2026 yil 1 oktyabrga qadar yangi tahrirdagi Havo kodeksi loyihasi tayyorlanadi. 

Farmon ijrosi uçun boş vazir örinbosari A.Ramatov va transport vaziri I.Mahkamov şaxsan javobgar qilib belgilandi, umumiy nazorat boş vazir A.Aripovga yuklatildi.