«Banklar tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oşiriş tartibi töğrisida»gi nizom Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
Nizom banklar, şu jumladan mikromoliya banklari tomonidan qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oşiriş tartibini belgilaydi.
Qimmatbaho metallar bilan boğliq quyidagi operatsiyalar amalga oşiriladi:
- mijozlar tomonidan ölçovli oltin quymalarni bankning mobil ilovasi orqali sotib oliş va qaytarib sotiş;
- banklar tomonidan ölçovli oltin quymalarni Markaziy bankdan sotib oliş orqali sotiş va qaytarib sotib oliş;
- banklar tomonidan qimmatbaho metallarni elektron körinişda sotiş va qaytarib sotib oliş.
Bank va mijoz örtasida ölçovli oltin quymalarni sotiş va qaytarib sotib oliş bankning mobil ilovasida oferta şartnomasini tasdiqlaş orqali amalga oşiriladi.
Tölov muvaffaqiyatli ötganidan söng bankning mobil ilovasida mijoz tomonidan sotib olingan oltin quymaning «maxfiy kod»i aks ettiriladi.
Mijoz sotib olingan ölçovli oltin quymalarni bankdan oliş uçun şaxsni tasdiqlovçi hujjat hamda bankning mobil ilovasi orqali kelgan «maxfiy kod»ni taqdim etadi.








