Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga köra, dovon hududida yoğayotgan qor sababli profilaktika işlari kuçaytirilgan. Yöl xizmatlari tomonidan yöl qoplamasini qordan tozalaş, muzlamaning oldini oliş va qum–tuz aralaşmasini qöllaş işlari uzluksiz amalga oşirilmoqda.
FVV qutqaruvçilari nazorat tadbirlarini ötkazib, yölda töxtab qolgan transport vositalarini xavfsiz joyga çiqariş hamda haydovçilarga zarur texnik yordam körsatmoqda.
Vazirlik haydovçilardan dovon hududida harakatlanişda quyidagilarga rioya qilişni söradi:
- transport vositasini qiş mavsumiga tayyorlaş;
- tezlik va masofa me’yorlariga qat’iy amal qiliş;
- qişki şinalardan foydalaniş;
- ob-havo şaroitiga mos holda yöl harakati qoidalariga rioya etiş.












