Qarorga köra, markaz hududida quyidagi yönalişlar yölga qöyiladi:
- IT universitet — raqamli iqtisodiyotga mos kadrlar tayyorlaş;
- startaplar texnoparki va ularni qöllab-quvvatlovçi innovatsion guruhlar — yangi ğoyalarni tijoratlaştiriş;
- yoşlar bandligiga qaratilgan işlab çiqariş korxonalari — amaliyot va iş örinlari yaratiş.
Qurilib, foydalanişga topşirilgan ijtimoiy soha obektlari investor tomonidan mutasaddi davlat organlari tasarrufiga beğaraz ötkaziladi. Loyihani samarali boşqariş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi huzurida Yoşlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi direksiyasi (davlat muassasasi şaklida) taşkil etiladi.
Taşabbus yoşlarning ta’lim va tadbirkorlik salohiyatini oşiriş, hududda yangi iş örinlari yaratiş hamda xorijiy sarmoyalarni jalb etiş orqali iqtisodiy faollikni kuçaytirişga xizmat qiladi.








