6 noyabr kuni tuşdan keyin prezident Donald Tramp Oq uyda Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari bilan şaxsiy uçraşuv ötkazadi, deb xabar berdi Kazinform. Tadbirda Özbekiston delegatsiyasiga prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarlik qiladi.

«C5+1» formatidagi uçraşuvda tomonlar Qöşma Ştatlar va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi hamkorlikning kelajagi böyiça bir qator bayonotlar berişi kutilmoqda. Şuningdek, dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Şu kuni, mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da Vaşingtondagi Jon Kennedi nomidagi Ijro san’ati markazi tarkibiga kiruvçi The Reach Kennedy Center binosida «C5+1 formatining ön yilligiga bağişlangan» biznes-konferensiya bölib ötadi. Uşbu markaz Qöşma Ştatlardagi eng yirik konsert va opera maydonçalardan biridir.

The Reach Vaşingtondagi eng katta yaşil tomga joylaşgan pavilonlar, repetitsiya va musiqa zallari, ma’ruza zallari va köp funksiyali uçraşuvlar uçun xonalardan iborat. Majmuaning zamonaviy arxitekturasi tabiiy muhitga uyğunlaşib, şaharning tarixiy ramzlari - Vaşington monumenti va Linkoln memoriali manzarasidan bahramand böliş imkonini beradi.

Qöşma Ştatlar va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaş böyiça biznes-konferensiya doirasida bir qator sessiyalar ötkazilişi rejalaştirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, transport yölaklari va ta’minot zanjirlari, energetika va muhim minerallar, raqamlaştiriş va sun’iy intellekt, şuningdek, biznes vakillari örtasidagi özaro ta’sir kabi sohalar işlab çiqiladi.

Bundan taşqari, iştirokçilarga «C5+1» mamlakatlarining madaniy dasturlari va milliy stendlari taqdim etiladi.