Financial Times (FT) xabariga köra, Honkong kompaniyasiga tegişli, Sierra-Leone bayroği ostidagi Leruo tankeri Braziliyaga yöl oldi. Ayni paytda Rossiyaning Talisman tankeri Atlantika okeanidan Örtayer dengiziga ötib, hozir Jazoir qirğoqlari yaqinida turibdi. Kema «farmoyiş kutmoqda» (for orders) maqomiga ega. Naşr maʼlumotlariga köra, bu yukning hozirça tasdiqlangan xaridori yoki manzil porti yöqligini anglatadi. Ikkala tanker ham Ğarb sanksiyalari ostida qolmoqda.
Gretsiyaning Eastern Mediterranean Maritime kompaniyasiga qaraşli yana bir tanker - Agioi Fanendes ham xuddi şunday maqomni körsatmoqda. Biroq u hozirça AQŞ tomon harakatlanişda davom etmoqda. Kema egasining maʼlum qilişiça, yuk tuşiriladigan port hali tasdiqlanmagan. Kpler tahliliy kompaniyasi maʼlumotlariga köra, u ham Nyu-Yorkka olib boruvçi dastlabki yönalişini özgartirişi mumkin. Seyşel orollaridagi kompaniyalarga tegişli sanksiya ostidagi yana bir kema - Beast tankeri 27-oktabr kuni Primorsk portida yonilği yuklagan, hozirça Amerikaning Atlantika sohillari tomon yönalişini saqlab qolmoqda.
Kpler tahlilçisi Mett Smitning tuşuntirişiça, Amerika kompaniyalari huquqiy xatarlar va sanksiyalar tufayli Rossiya dizelini sotib olişga «jurʼat etolmayapti». Avvalroq energetika sohasi vakillari va tahlilçilar ham The Washington Sun gazetasiga xuddi şu haqda maʼlum qilgan edi. AQŞ şarqiy sohilidagi neft mahsulotlarini qabul qiliş va taqsimlaş böyiça eng yirik markaz joylaşgan Nyu-Jersi ştati gubernatori Mikki Şerrill esa biznes vakillarini Tramp va Putin kelişuvi 2022-yilda, Ukrainaga bostirib kirilgandan söng Rossiyadan energiya resurslarini import qilişni taqiqlagan qonunga zid ekani haqida ogohlantirdi. Bundan taşqari, Şerrill Nyu-York va Nyu-Jersi port boşqarmasini, şuningdek, neft terminallari operatorlarini Rossiya dizelini qabul qilmaslikka çaqirdi.
FT naşrining eʼtibor qaratişiça, yönalişning özgarişi AQŞda dizel yonilğisi bilan boğliq vaziyat yanada oğirlaşgan bir paytga töğri keldi: yangi maʼlumotlarga köra, uning zaxiralari sönggi yigirma yildan ortiq vaqt içida ilk bor 100 million barreldan pastga tuşib ketgan.
Tramp Putin bilan dizel kelişuvi haqida 9-oktabr kuni eʼlon qilgan, şundan söng AQŞ Moliya vazirligi Rossiya yonilğisiga qarşi çeklovlarni 2027-yilning apreliga qadar töxtatib qöygan edi. Maʼlumki, AQŞga yönaltirilgan uçta tanker bortida 140 ming tonna dizel yonilğisi mavjud.
Kongress uşbu mojaroli kelişuv yuzasidan tekşiruv ötkazişga vaʼda berdi hamda banklar va portlarga u bilan boğliq operatsiyalarga oid barça hujjatlarni saqlab qöyiş talabi bilan xat yölladi. Vakillar palatasining Sud-huquq masalalari böyiça qömitasi aʼzosi Jeymi Raskin biznes vakillarini Rossiya dizelini xarid qiliş 1 million dollargaça jarima va 20 yilgaça qamoq jazosiga sabab bölişi mumkinligidan alohida ogohlantirdi.












