Surxondaryo viloyati, Qumqörğon tumanidagi 39-son umumiy örta ta’lim maktabida 15 yil direktor bölgan va işdan böşatilgan ayol direktor özini yoqib yubormoqçi böldi. Holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Surxondaryo viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi holatga izoh berdi. Qayd qilinişiça, 2010 yildan 2025 yil 16 sentabrgaça Z.A. direktor lavozimida işlagan. Söngra Z.A. bilan tuzilgan mehnat şartnomasi Mehnat kodeksining 157-moddasiga (Mehnat şartnomasini taraflarning kelişuviga köra bekor qiliş) muvofiq bekor qilingan.
«Şundan söng, sobiq direktor yangi rahbar faoliyatini boşlaşiga qarşilik körsatgan. 2025 yil 13 oktabr kuni maktabda tayinlov hujjatlari topşirilişi çoğida Z.A. tomonidan faol qarşilik bölgan, biroq heç kim tan jarohati olmagan», deyiladi izohda.
Ta’kidlanişiça, Boşqarma qaroriga köra, 39-son maktab rahbarligiga tegişli tartibda E.A. tayinlangan va bugungi kunda maktabda öquv jarayoni barqaror holatda davom etmoqda.











