Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) transgender sportçilarning Olimpiadadagi ayollar musobaqalarida iştirok etişini taqiqlaydi. Bu haqda The Times naşri xabar berdi.
Manbaga köra, XOQ qarorni 2026 yil boşida qabul qiladi. Bu vaqtga kelib, taşkilot erkaklarning ayollardan jismoniy ustunligi böyiça ilmiy tadqiqot natijalarini olişi kutilmoqda.
The Times naşrining ta’kidlaşiça, XOQ tibbiy va ilmiy direktori Jyeyn Tornton ötgan hafta transgenderlarning iştiroki tufayli ayollar sporti muammolarini körib çiqişning dastlabki natijalarini taqdim etgan. Tornton xonimning tahlili şuni tasdiqlaydiki, erkak bölib tuğilgan sportçilarning jismoniy ustunliklari gormon terapiyasidan keyin ham saqlanib qoladi.
The Times naşrining yozişiça, XOQ yangi siyosati taşkilotning Milan va Kortina-d'Ampetssoda bölib ötadigan 2026 yilgi qişki öyinlar vaqtida bölib ötadigan sessiyasida taqdim etiladi. Ilgari transgender sportçilarga ruxsat beriş töğrisidagi qaror xalqaro federatsiyalar tomonidan mustaqil qabul qilingan.
Olimpiadadagi birinçi transgender sportçi yangi zelandiyalik oğir atletikaçi Lorel Xabbard böldi. Tokio öyinlarida u 87 kg gaça vazn toifasida qatnaşib, sönggi örinni egalladi.








