Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining ma’lumoticha, 1995 yilda tug‘ilgan A.Ye. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotganda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan. YTH oqibatida haydovchi yengil jarohat olgani aytilib, unga joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda voqea yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







