Istanbul boş prokuraturasi şu yilning mart oyida qölga olingan şaharning sobiq meri Akrom Imomöğliga nisbatan ayblov xulosasini e’lon qildi. Korrupsiyada ayblanib, unga 2352 yilgaça qamoq jazosi söralmoqda. Bu haqda Turkiyaning NTV va TRT Haber naşrlari xabar berdi.
OAV ma’lumotlariga köra, Istanbulning sobiq meri işida 402 kişi iştirok etmoqda, ulardan 105 nafari hibsga olingan. Prokuratura xulosasining özi 3900 sahifadan iborat bölib, unda jinoiy uyuşma tuziş, poraxörlik va firibgarlik ayblovlari mavjud. Imomöğli «taşkilot asosçisi va rahbari» deb atalgan, u 142 ta jinoyatda ayblanmoqda.
Prokuratura zararni 160 milliard turk lirasi (taxminan 3,7 milliard dollar) va 24 million dollarga baholamoqda. Imomöğliga 828 yil-u ikki oydan 2352 yilgaça qamoq jazosi söraldi.
Akrom Imomöğli 2025 yil 19 mart kuni qölga olindi. U konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilişda, jinoiy taşkilot tuzişda va Kurdiston işçilar partiyasiga (KIP) yordam berişda ayblangan edi.
Imomöğli 2027 yilgi saylovda mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning asosiy raqibi hisoblangan. Human Righs Watch inson huquqlari taşkiloti ham uning işini «siyosiy asoslangan tergovlar» namunasi deb atadi.
Hibsga olinişidan biroz oldin Istanbul universiteti Boş prokuratura söroviga köra Imomöğlining oliy ma’lumot töğrisidagi diplomini bekor qildi va şu bilan uni amalda prezidentlikka nomzodini qöyiş imkoniyatidan mahrum qildi: qonunga köra, prezidentlik saylovida faqat oliy ma’lumotli odamlar iştirok etişi mumkin. Uşbu iş böyiça sentabr oyida bölib ötgan tinglovlardan birida Istanbulning sobiq meri özining ayblov xulosasi ustida prokuror emas, balki «navbatdagi saylovda ğalaba qozonişini bilgan odam» işlaganini aytib, Erdöğanga işora qildi.












