12 noyabr kuni Toşkentda Markaziy Osiyo transport vazirlari yiğilişi hamda Markaziy Osiyo – Janubiy Kavkaz (CASCA+) koridori böyiça uçraşuv ötkazildi. Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovning matbuotga aytişiça, mintaqada yagona raqamli platforma yaratiladi.
Quruqlikda joylaşgan Markaziy Osiyo mintaqasi uçun savdo yöllariga çiqiş masalasi – doim strategik ahamiyat kasb etadi. Özbekiston esa mintaqaning markazida bölib, dengiz yöllari uçun ikki va undan ortiq mamlakatlarni bosib ötişi kerak. Ayniqsa, Rossiya-Ukraina uruşi sabab şimoliy koridor öz jozibadorligini yöqotgani inobatga olinsa, yangi savdo yöllarini topiş – hukumat oldidagi asosiy vazifalardan.
1990 yillardan muhokama qilingan – Markaziy Osiyo – Janubiy Kavkaz transport koridori uzoq yillar turli siyosiy muammolar, infratuzilmaviy kamçiliklar sabab e’tibordan çetda qolib keldi. 2023 yildan e’tiboran bu yölakdan faol foydalaniş masalasi aktuallaşdi va yölak «SASCA+» deb nomlana boşlandi. 2023 yilning noyabrida Turkiyaning Anqara şahrida Özbekiston, Qirğiziston, Turkmaniston, Ozarboyjon, Gruziya va Turkiya vakillari birinçi “CASCA+” yiğilişini ötkazişdi. Şundan beri bu yölak rasmiy darajada mintaqaviy transport koridori sifatida tan olingan.
12 noyabr kuni Toşkentda Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahat uçraşuvi sammitidan avval bu respublikalarning transport vazirlari iştirokida yiğilişi ötkazildi. Şuningdek, “SASSA+” muloqoti ham bölib, bu yölak orqali Yevropa bozoriga çiqiş masalasi körib çiqildi.
Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamovga köra, beş davlatdan kelgan vakillar bilan avvalo, yagona transport raqamli platformasini yaratiş, çegaradagi muammolarni bartaraf qiliş masalalari körib çiqilgan.
“15-16 noyabr kunlarida Markaziy Osiyo prezidentlari va Ozarboyjon prezidentining taşriflari kutilmoqda. Transport vazirlari bilan öz yiğilişimizni ötkazdik. Markaziy Osiyoni yagona transport regioni, ya’ni transport xabiga aylantiriş, mintaqa mamlakatlari örtasida çegaradagi muammolarni yöq qilib, raqamlaştirilgan bitta platforma yaratişni gaplaşdik. Prezident taşabbusi bilan Transafğon multimodal koridori va Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston multimodal koridori rivojlantirilyapti. Çunki yildan yilga yuk miqdori oşib bormoqda”, - deydi Ilhom Mahkamov.
Vazir şuningdek, Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temiryöli qurilguniga qadar boşqa kiçik muammolarni ham bartaraf etiş vazifasi borligini eslatdi.










