Yalpi majlisda mintaqaviy parlamentlararo hamkorlikni rivojlantiriş, qonunçilik tizimini takomillaştiriş hamda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, majlis davomida parlamentlararo tajriba almaşinuvi, model qonunlar va tavsiyalar işlab çiqiş, yoşlar siyosati, huquqni himoya qiliş, migratsiya, hududiy xavfsizlik, ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik masalalari ham körib çiqildi.

Tanzila Norboyeva öz nutqida Yoşlar parlamenti, odam savdosiga qarşi kuraş va jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qiliş böyiça taşabbuslarni ilgari surdi.

Şuningdek, hududiy xavfsizlikni mustahkamlaş va tarixiy xotirani saqlaş, yoş avlodda milliy va umumbaşariy qadriyatlarni şakllantirişga qaratilgan insonparvarlik loyihalari, jumladan “Bolalar Hamdöstligi” va “Xotira poyezdi” taşabbuslari örtaga taşlandi.

MDH mamlakatlari delegatsiyalari Özbekistonning faol hamkorligi, taşabbuskorligi, mintaqaviy loyihalardagi mas’uliyatli pozitsiyasini alohida ta’kidladi. Şuningdek, Özbekistonning insonparvarlik taşabbuslari, yoşlar va tarixiy xotirani saqlaş yönalişidagi loyihalari yuqori baholandi.

Majlisda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlaş, mintaqaviy barqarorlikni kuçaytiriş va qonunçilikni takomillaştiriş böyiça kelgusidagi rejalarga asos soluvçi qarorlar qabul qilindi.

Ta’kidlanişiça, Özbekiston delegatsiyasi uşbu jarayonlarda faol iştirok etib, MDH doirasidagi parlament diplomatiyasini rivojlantirişga öz hissasini qöşdi.