Şerzod Omonov Andijon viloyatida tuğilib ösgan. Hozirda Harvardning huquqşunoslik maktabi magistraturasida öqiydi. Şerzod özining muvaffaqiyatlariga ingliz tilini yaxşiroq örgangani ham bir sabab bölganini aytadi. “Tilni bilganingizdan keyin boşqa imkoniyatlarni ham körib qolasiz”, – deydi u Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Harvard universitetiga har yili dunyoning turli burçagidan 50 mingdan ziyod odam hujjat topşiradi, ammo şundan atigi 3-4 foizi öqişga qabul qilinadi. Andijonlik Şerzod Omonov esa ana şu kamsonli talabalardan biri.
U 2024 yilda Harvardning Huquqşunoslik maktabiga töliq moliyaviy yordam, ya’ni heç qanday kontrakt tölovlarsiz, bepul öqiş uçun qabul qilingan. U Kun.uz'ga bergan intervyusida Harvardgaça bölgan yöli haqida gapirib beradi.
“Perfeksionizm hayotimga ta’sir qilgan”
Andijon şahrida tuğilganman va bolalikning asosiy qismini şu yerda ötkazganman. Maktabda juda şöx bölganman, lekin baholarim ham yaxşi bölgan. Onam juda talabçan inson. Oilamiz özi kiçkina, şuning uçun hayotimda onamning roli juda katta bölgan. Misol uçun, hozirgaça esimda, birorta vazifani daftarga yozsam va u xunuk bölib qolsa, onam yirtib taşlab, qayta yozdirardi. Natijada menda perfeksionizm şakllangan. Bu keyinçalik hayotimga ham ta’sir qilişni boşlagan. Nima iş qilsam ham şu birinçisi bölişim kerak, degan içki tuyğu paydo bölib qolgan.
Maktabni bitirib, litseyga topşirganman. Biroq u vaqtda aniq bir maqsad, katta ambitsiyalar bölmagan, töğrisi. Çunki nima qilişni ham bilmasdim, şuning uçun litseyga topşirgandim. Qiziği, birinçi bölib aniq fanlar yönalişiga topşirganman, çunki uydagilar, qarindoş-uruğlar şuni maslahat bergan. Lekin litseyda aniq fanlar yönalişiga kira olmaganman. Ingliz tilini ozgina bilardim. Maktab davrida repetitorga borardim va natijada litseyda meni xorijiy filologiya yönalişiga qabul qilişdi. Keyin maktabdagi sinfdoşim bilan birga Toşkent davlat yuridik universitetiga öqişga tayyorlanişni boşladik. Birinçi urinişim omadsiz çiqdi, kirişimga 13 ball yetmadi. Ikkinçi urinişda esa uddaladim.
“Til biliş qöşimça imkoniyatlar eşigini oçadi”
Yuridik universitetiga kirganimdan keyin asosiy iş hal böldi, endi sal dam olsam ham böladi, degan xayol kelgan. Lekin öqiş boşlangandan keyin boşqa talabalarni kördimki, ular juda iqtidorli edi. Özimni juda past darajada kördim. Ularning darajasiga yetişim uçun yana ham köproq mehnat qilişim haqida tuşunib yetdim. Aniq esimda, birinçi kursligimizda hatto 5-6 nafar talabaning IELTS’i 8 ball edi. Birinçi kursning oxiriga kelib, öz oldimga katta maqsad qöydim: yaxşiroq natijalar, köproq imkoniyatlar eşigi oçilişi uçun ingliz tilini çuqurroq örganaman dedim. Içimdan albatta çet elda öqişim kerak, degan tuyğu ham ötgan.











