«Biz yetkazilgan zararni qoplaş uçun bir milliard dollar talab qilamiz va kelajakda Harvard universiteti bilan heç qanday aloqaga ega bölişni istamaymiz», deb yozdi Tramp 2 fevral kuni Truth Social veb-saytida.
BBC xabariga köra, prezident ma’muriyati universitetni sudga bergan-bermagani va Harvard Trampga aynan qanday zarar yetkazgani aniq emas. AQŞ prezidenti bu postni New York Times (NYT) gazetasi Oq uyning universitet bilan ziddiyati haqidagi materialni çop etganidan bir neça soat ötib e’lon qildi.
Maqolada aytilişiça, Tramp ma’muriyati universitetdan professional ta’lim şartnomasi doirasida 200 mln dollar tölaşni talab qilişni töxtatgan. Material törtta anonim manba - Harvard va ma’muriyatdan olingan.
Tramp ma’muriyati va Harvard universiteti bir neça oydan buyon professional ta’lim dasturlarini joriy etiş böyiça kelişib olişga harakat qilmoqda.
Universitet, New York Times yozganidek, bunday dasturlar uçun 500 million dollar ajratişga tayyorligini bildirdi. 2 fevral kuni NYT dastlab Tramp ma’muriyati uşbu summadan 200 mln dollarni töğridan-töğri hukumatga tölaşni talab qilgani, ammo endi bu talabdan voz keçişga tayyorligini yozdi. Tramp öz ijtimoiy tarmoğida bu xabarlarni rad etmoqda.
«Ular [Harvard] professional tayyorgarlikning çalkaş konsepsiyasini joriy qilmoqçi böldi, biroq uni mutlaqo noadekvat va muvaffaqiyatga erişiş imkoniyatiga ega emas, deb rad etişdi», deb yozdi Tramp.
AQŞ prezidentining qöşimça qilişiça, universitetga qarşi iş «fuqarolik emas, jinoiy» bölişi kerak. Gap qanday qonunbuzarliklar haqida ketayotganiga Tramp aniqlik kiritmagan. U Oq uy Harvardning qaysi harakatlari uçun kompensatsiya sifatida milliard dollar talab qilayotgani haqida ham gapirmadi.
2025 yil aprel oyida AQŞ prezidenti ma’muriyati Amerikaning bir qator universitetlariga, şu jumladan Harvardga bir qator talablar, jumladan, «qaraşlar auditi» böyiça xat yubordi.
Oq uyning fikriça, bu ta’lim muassasalarida antisemitizm avj olgan va ular 1964 yildagi Fuqarolik huquqlari töğrisidagi qonunning VI bobida kafolatlangan kamsitişga qarşi tamoyillarga amal qilmaydi. Prezident ma’muriyati talablarni bajarişdan boş tortganlar uçun federal moliyalaştirişni töxtatiş bilan tahdid qildi.
Harvard Trampning talablariga böysunmadi va 2,2 mlrd dollarlik federal grantlardan mahrum böldi.












