Özbekistonda havo sifati yomonlaşib borayotgani ortidan, maişiy havo tozalagiçlarga talab keskin oşib bormoqda. Kun.uz e’tibor qaratgan Google qidiruv tizimi ma’lumotlari va bojxona statistikasi şundan darak beryapti.
Google Trends'ga köra, 2025 yil noyabr oyiga qadar “oçistitel vozduxa” (havo tozalagiç”) sözi Özbekiston hududida eng köp qidiruvga berilgan hafta – 2021 yil noyabr oyining birinçi haftasi bölgan. Öşanda Toşkent şahrida misli körilmagan çang böroni kuzatilgan, eşik-derazalari yopiq uy içkarisida ham nafas oliş qiyinlaşib ketgan edi.
Soğliqni saqlaş vazirligiga köra, 2021 yil 4 noyabr kuni Toşkent şahrida 678 kişi nafas qisişi bilan boğliq muammolar sabab tez yordamga murojaat qilgan, ulardan ayrimlari kasalxonaga yotqizilgan.
Şundan keyin, Google Trends'ning körsatişiça, 2023 yil yanvar oyidan boşlab havo tozaligiç qidiruvlari soni oşib borgan. 2025 yil noyabr oyining ikkinçi haftasiga kelib, tört yil oldingi çang böroni paytida örnatilgan rekord yangilangan. Sönggi ikki kunda (16-17 noyabr kunlari) esa bu rekord mutlaq yangilangan.

Bojxona qömitasi statistikasiga köra, Özbekistonga maişiy havo tozalagiçlar importi oxirgi 3 yilda 9 barobarga oşgan. 2022 yilda bunday mahsulotlardan 2 mingta olib kirilgan bölsa, 2025 yilning ön oyida jami qiymati 1,3 mln dollarlik 18,5 mingdan oşiq havo tozalagiç import qilingan.
Ma’lumot uçun, havo tozalagiçlar (TIF TN kodi 8509) importi uçun 20 foiz, lekin har bir donasi uçun 3 dollardan kam bölmagan miqdorda import boj örnatilgan.
Qayd etiş lozim, 2025 yil oktyabr oyidan boşlab Özgidromet deyarli har kuni köçaga niqob taqib yuriş haqida tavsiya berib bormoqda.

Ayni paytda, IQAir portali va ilovasida ham Özbekiston şaharlaridagi havo sifatini kuzatib boruvçilar oşib boryapti. Portalning Toşkent şahri böyiça obunaçilari soni 600 mingga yaqinlaşib qolgan.
Avvalroq Toşkentda ijod qiluvçi Inkuzart taxallusli köça rassomi yangi strit-artini ayni şu mavzuga bağişlagan edi. U çizgan suratda odamlar köçada gazga qarşi niqob taqib yurganini köriş mumkin.

Uşbu mavzu haqida Kun.uz ötgan hafta dayjestida ham söz yuritgan edi:












