Özbekistonda 4 noyabr kuni kuçli şamollar tufayli mavsumga xos bölmagan çang-qumli böron hodisasi yuz berdi.

Foto: Kun.uz / Muhammadjon Ğaniyev

Poytaxt Toşkentda 5 noyabr kuni ham noqulay ob-havo şaroiti saqlanib turibdi.

Kötarilgan çang tufayli atrofni köriş darajasi çeklangan. «Özgidromet» havodagi çang miqdori belgilangan me’yordan 5 barobarga oşganini bildirgan. Prognozlarga köra, poytaxtda çangli tuman juma kuni ham saqlanib qoladi. Qisman bulutli, yoğingarçilik kutilmaydi.

Foto: Kun.uz / Muhammadjon Ğaniyev
Foto: Kun.uz / Muhammadjon Ğaniyev

Nafas olişda muammolar yuzaga kelgan poytaxt aholisi tibbiyot muassasalariga murojaat qilişni boşladi, SSV aholiga çangli havoda niqob taqiş, allergik va astma kasalligi bor bemorlarga taşqariga çiqmaslikni tavsiya qilgan.

Foto: Kun.uz / Muhammadjon Ğaniyev

Energetika vazirligi çang böroni sabab «Markaz» nimstansiyasi öçib qolgani va bu nasoslarning işlaşiga ta’sir qilgani, natijada Toşkent şahri aholisining asosiy qismini içimlik suvi bilan ta’minlovçi «Qodiriya» boş suv inşootida nosozlik yuz berganini ma’lum qildi.

Şaharda köçalar, avtomobillar va boşqa turli obektlar çang qatlami bilan qoplangan. Çang hatto yopiq derazalar orqali binolar içiga kirib, içkarida ham sezilgan.

Kun.uz fotomuxbiri Toşkentda hamon kuzatilayotgan çang böroni oqibatlari aks etgan suratlarni taqdim etdi.

Foto: Kun.uz / Muhammadjon Ğaniyev