4 noyabr kuni Özbekistonda kuçli şamollar tufayli mavsumga xos bölmagan çang-qumli böron hodisalari kuzatildi. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami kötarilib, atmosfera havosidagi çang miqdori belgilangan me'yordan 5 barobar oşdi. Şuningdek, respublikaning ba'zi hududlarida havodagi çang-ğubor oqibatida körinuvçanlik 500-1000 metrgaça pasaygan.

Gidrometeorologiya xizmati markazi prognoziga köra, 5 noyabr kuni ham Toşkent şahrida şamol tezligi 5-10m/s, respublikaning boşqa joylarida esa 7-12m/s darajasiga yetişi qayd etilgan. 

Ayni paytda havodagi katta hajmdagi çang va qum surunkali kasalliklari, allergiyasi bor odamlar uçun xavfli hisoblanadi.

SSV matbuot xizmati mazkur holatning inson salomatligiga qanday salbiy ta'siri borligi, undan kimlar va qanday himoyalanişi kerakligi haqida ma'lumot berdi. 

«Bunday vaziyatda imkon qadar oçiq havoda yurmaslik zarur. Ayniqsa, bronxial astma, allergik rinit, allergik konyuktivit, tomoq qiçişişi bilan kuzatiladigan yötal, bronxit, bronxlar giperreaktivligi va boşqa nafas yöli surunkali kasalliklari bor insonlar taşqariga çiqmasliklari kerak. 

Çunki bunday havo tarkibida çanglar bilan birga, ösimlik çangçalari, zamburuğ sporalari juda katta konsentratsiyada böladi. Şu bois, xastaliklari bor kişilar şifokor maslahati bilan allergiyaga qarşi dori vositalari dozalarini oşirişlari lozim. 

Nim ta'sir qiluvçi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni çayiş, xonalarni yopiq saqlaş, höl soçiqlarni xonalarga osiş, kattaroq siğimli idişlarga suv solib qöyiş zarur. 

Oçiq havoda yurganda, albatta, tibbiy niqob taqib yuriş va ularni har ikki soatda almaştiriş şart. Yoş bolalar, homilador ayollar va yoşi katta insonlar ham bunday vaziyatda ehtiyotkor bölişlari tavsiya etiladi», deydi Respublika ilmiy ixtisoslaştirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova. 

Şuningdek, agar taşqi muhitdagi çanglar tufayli nafas qisişi, burun bitişi, aksiriş, burun oqişi, közlarda qiçişiş va qizariş, tomoqda kuçli qiçişiş, qiçişiş bilan kuzatiladigan yötal belgilari yuzaga kelsa, tezda allergolog şifokorga murojaat qiliş kerakligi ta'kidlangan.

4 noyabr kuni Toşkent şahrida 678 kişi nafas qisişi bilan boğliq muammolar tufayli «Tez yordam»ga murojaat qilgan.