19 noyabr kuni Yaponiyaning Oita şahrida juda katta kölamli yonğin aholi yaşaş hududini qamrab oldi.
Tez tarqalgan yonğin kamida 170 ta uyga zarar yetkazdi va yuzlab odamlarni evakuatsiya qilinişiga sabab böldi, deb xabar berdi Euronews.
Yonğin bir kun oldin keçqurun kuçli şamol paytida baliq ovlaş porti hududida sodir bölgan va tezda yaqin atrofdagi örmonga tarqalgan.
Öt öçiruvçilar olovni öçiriş uçun tun böyi işladi, favqulodda yordam punktlari evakuatsiya qilingan aholini qabul qildi.
Yaponiya favqulodda vaziyatlar va yonğin xavfsizligi agentligining ma’lum qilişiça, taxminan 70 yoşlardagi erkak bedarak yöqolgan, uni qidiriş işlari davom etmoqda.












