Özgidromet ma’lumotlariga köra, sönggi kunlarda mamlakatda, ayniqsa Toşkent şahrida atmosfera havosidagi mayda dispersli zarraçalar miqdori oşişi kuzatilmoqda. Taşkilot tomonidan amalga oşirilayotgan doimiy monitoring natijalari bu holatni bir vaqtning özida kuçayib namoyon bölgan bir neçta tabiiy omillar bilan boğliq ekanini körsatmoqda.
Ta’kidlanişiça, birinçi omil — keskin harorat almaşişi va inversiya jarayonidir. Joriy haftada havo harorati tez özgardi, issiq kunlardan sovuq kunlarga ötiş davrida inversiya deb ataluvçi tabiiy jarayon yuzaga keldi. Inversiya paytida sovuq havo pastda, issiq havo yuqorida qoladi va havo qavatlari aralaşmaydi. Şu sababli mayda zarraçalar past havo qatlamida töplanib, qisqa vaqt içida ularning konsentratsiyasi keskin oşadi. Bunday holat har yili noyabr–fevral oylarida Toşkent, Olmaota, Bişkek, Duşanbe kabi şaharlarda kuzatiladi.
Ikkinçi omil sifatida yoğingarçilikning yöqligi qayd etilmoqda. Sinoptiklar ma’lumotlariga köra, noyabr oyi boşidan beri Toşkentda deyarli yomğir yoğmadi, yoğingarçilik hajmi iqlimiy me’yordan ança past. Yoğingarçilik yöqligi havodagi mayda zarraçalarning tabiiy “yuvilişi”ni çeklab, ularning atmosferada uzoq muddat saqlanib turişiga olib keladi.
Uçinçi omil — arid jarayonlarning kuçayişi va tabiiy çanglaniş. Özbekiston quruq va yarimquruq iqlim hududiga kiradi. BMT ekspertlari bu mintaqani dunyoda arid jarayonlar eng tez keçayotgan makonlardan biri sifatida qayd etgan. Arid jarayonlar, ösimlik qoplamining kamayişi va iqlim isişining ta’siri ostida şamol ta’siridagi tabiiy çanglaniş oşadi. Şu bois bu yil çanglaniş odatdagidan köproq namoyon bölib, hatto şamol past bölgan kunlarda ham PM10 körsatkiçining ösişiga turtki berdi.
Sinoptiklar prognoziga köra, amalga oşgan inversiya jarayoni 24 noyabrgaça davom etişi mumkin. Şu vaqtgaça mayda zarraçalarning ma’lum darajada saqlanib turişi tabiiy va mavsumiy holat ekani ta’kidlanmoqda. Ob-havo barqarorlaşişi bilan havo sifati öz-özidan sezilarli darajada yaxşilanişi kutilmoqda.
Hozirda mahalliy hokimiyatlar, kommunal xizmatlar va mas’ul idoralar tomonidan quyidagi amaliy çoralar körilmoqda:
- köça va yöllarni namlaş;
- yaşil hududlarni qöşimça suğoriş;
- jamoat joylarini nam tozalaş;
- aholi uçun tavsiya va ogohlantirişlar yetkaziş;
- atmosfera havosini doimiy monitoring qiliş.











