AQŞ vitse-prezidenti Jyeyms Devid Vens (Jyey Di Vens) Ukraina böyiça har qanday tinçlik rejasining tarkibiy qismi uçta şart bölişi kerakligini aytdi. Vens tegişli postni 21 noyabr kuni X ijtimoiy tarmoğida joylaştirdi.
Vitse-prezident sözlariga köra, bunday har qanday taklif «Ukraina suverenitetini saqlab qolgan holda qotilliklarni töxtatişi» kerak. Bundan taşqari, u «Rossiya uçun ham, Ukraina uçun ham maqbul bölişi» va «uruş qayta boşlanmasligi ehtimolini maksimal darajada oşirişi» kerak.
Vensning qöşimça qilişiça, ma’muriyat işlayotgan kelişuvni har qanday tanqidi hujjatni notöğri tuşunişga yoki ba’zi muhim haqiqatlarni buzib körsatişga asoslanadi.
«Agar biz şunçaki köproq pul, köproq qurol-yaroğ bersak yoki köproq sanksiyalar qöllasak, ğalaba yaqin böladi, degan xomxayol bor», deb yozdi Vens.
«Tinçlikka illyuziyalar dunyosida yaşovçi noqobil diplomatlar yoki siyosatçilar tomonidan erişib bölmaydi. Unga real dunyoda yaşovçi aqlli odamlar erişişi mumkin», deb xulosa qildi vitse-prezident.
AQŞ taklif qilgan tinçlik rejasi hozirça e’lon qilinmadi, biroq bir qator OAV loyihadan parçalarni keltirdi. Unga köra, Ukraina Rossiyaga hududiy yon bosişi va armiyasini qisqartirişi kerak. Qöşma Ştatlar va Yevropa Ukrainani tiklaşni moliyalaştiriş majburiyatini oladi, Rossiyaga qarşi sanksiyalar bosqiçma-bosqiç bekor qilinadi, Moskva va Vaşington esa uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlik töğrisida bitim tuzadi. Şuningdek, reja Kiyevga xavfsizlik kafolatlari berilişini nazarda tutadi.









