Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.
Samarqand şahridagi taşkilotlar köçiriladi, 700 dan ortiq köp qavatli uy quriladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga taşrifi davomida şahar qiyofasini özgartiriş va Urgut tumani markaziga aloqador bir qator yirik loyihalarni e’lon qildi.
Qayd qilinişiça, Samarqand şahrida zamonaviy uy-joylarga bölgan talabni ta’minlaş uçun 3 ta yirik massiv tanlab olindi. Jumladan, «Şirin» massivida 180 ming, «Temiryöl orti» hududida 100 ming, «Qorasuv-2» massivida 30 ming aholi uçun 700 dan ortiq zamonaviy köp qavatli uy barpo etiladi. Samarqand şahridagi 49 ta viloyat taşkiloti kelasi yil «Şirin» massiviga köçadi.
Urgutda «Quyi Kamangaron» mahallasidagi «Yangi Özbekiston» massiviga tutaş hududdan 90 gektar qöşimça joy ajratib, zamonaviy urbanistika asosida 100 ming aholiga möljallangan zamonaviy eko-şahar barpo etiladi.
2026 yilda davlat budjetidan taşkilotlarga ajratiladigan pul miqdori ma’lum böldi
«2026 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida»gi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Qonun loyihasiga köra, konsolidatsiyalaşgan budjet daromadlari 515,3 trln söm, xarajatlari esa 566,9 trln söm miqdorida belgilangan. Taqçillik çegarasi – 51,6 trln söm yoki YaIMga nisbatan 3 foiz.
Loyihaga köra, eng köp mablağ Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ajratiladi — 105,9 trln söm. Keyingi örinlarda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi — 63,69 trln söm va Ijtimoiy himoya milliy agentligi — 22,42 trln söm.
Jizzaxda AES qurilişi loyihasi böyiça jamoatçilik eşituvlari ötkaziladi
2025 yil 23 dekabr kuni Jizzax viloyati Foriş tumanida Özbekistonda atom elektr stansiyasi (AES) qurilişi loyihasi yuzasidan jamoatçilik eşituvlari bölib ötadi. Loyiha doirasida quvvati 2110 MVt bölgan zamonaviy AES barpo etiş, energetika tizimidagi uluşini 12–15 foizga yetkaziş közda tutilgan.
«Özatom» agentligi ma’lum qilişiça, tadbir Jizzax viloyati, Foriş tumani, Boğdon aholi punktida joylaşgan 30-son Madaniyat markazida böladi.
Jamoatçilik eşituvlari AES qurilişi loyihasi, uning texnik körsatkiçlari, xavfsizlik tizimi, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati yuzasidan aholini xabardor qiliş, fikr va takliflarni örganişga qaratilgan.
Şaxsiy ehtiyoj uçun xorijdan tovar olib kirişdagi limitlar qayta körib çiqiladi
Özbekistonda şaxsiy ehtiyoj uçun xorijdan olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kiriş normalari töliq qayta körib çiqiladi. Bu 25 noyabr kuni imzolangan «Qonunçilikdagi huquqiy böşliqlarni bartaraf etiş va tartibga soliş yukini kamaytiriş töğrisida»gi prezident farmonida belgilangan.
Farmon Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan bölib, bojsiz limitlarga oid topşiriq uşbu farmon bilan tasdiqlangan «yöl xaritasi»da körsatilgan.
Şu tariqa, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 19 apreldagi qarori bilan kuçaytirilgan çeklovlar özgarişi mumkin. Bu qarorga köra, şu yil 1 maydan e’tiboran, fuqarolar öz ehtiyojlari uçun bojsiz tovar olib kiriş normalari havo transportida – 1000 dollar, temiryöl va daryo transportida – 500 dollar, avtomobil (piyoda) ötkaziş punktlari orqali – 300 dollar, xalqaro kurerlik jönatmalari orqali – bir oyda 200 dollar, xalqaro poçta jönatmalari orqali – 100 dollar edi.
Özbekiston milliy jamoasi JÇ-2026 qur’asida uçinçi savatdan joy oldi
FIFA 2026 yilgi Jahon çempionati qur’asi savatlari haqida ma’lumot berdi. Unga köra, Özbekiston milliy jamoasi 3-savatdan örin oldi.
Milliy jamoalar savatlarga quyidagiça taqsimlandi:
1-savat: Kanada, Meksika, AQŞ (mezbonlar), Ispaniya, Argentina, Fransiya, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya
2-savat: Xorvatiya, Marokaş, Kolumbiya, Urugvay, Şveytsariya, Yaponiya, Senegal, Eron, Janubiy Koreya, Ekvador, Avstriya, Avstraliya
3-savat: Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Şotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-d’Ivuar, Özbekiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika
4-savat: Iordaniya, Kabo-Verde, Gana, Kyurasao, Haiti, Yangi Zelandiya, Yevropa pley-off jamoalari (A, B, C, D guruhi ğoliblari), FIFA qit’alararo pley-off bosqiç 1 va 2-ğoliblari.
Guruhlarni şakllantirişda har bir savatdan bittadan jamoa olinadi. Şu tariqa, 4 ta jamoadan iborat 12 ta guruh yuzaga keladi. Demak, 3-savatdan joy olgan Norvegiya, Panama, Misr, Jazoir, Şotlandiya, Paragvay, Tunis, Kot-d’Ivuar, Qatar, Saudiya Arabistoni va JAR guruh bosqiçida Özbekistonga raqib bölmaydi. Şuningdek, bitta konfederatsiyadagi jamoalar guruh bosqiçida bir-biriga duç kelmaydi. Faqat UYeFA bundan mustasno, çunki iştirokçilar soni 12 tadan köp.











