Toşkent şahrida ijaraçi ayolga tegajoğlik qilgan uy egasi ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanişdi.

Sud hujjatiga köra, 1997 yilda tuğilgan M.M. Şayxontohur tumani Xadra mahallasidagi xonadonini yoş oilaga ijaraga bergan. U 2025 yil 8 noyabr kuni soat 10:00 larda oila boşliği işda ekanini bilgan holda suv hisoblagiçning körsatkiçlarini köriş bahonasida xonadonga borgan. Uyga kirib, ayolga şilqimlik qilgan.

M.M. ayolga “eri yaxşi emasligi, özi unga uylanib olmoqçi” ekani haqidagi gaplarni aytgan. Söngra jinsiy aloqa qilişga taklif qilib, belidan quçoqlagan va yuzidan öpmoqçi bölgan. Ammo ayol baqirib, qöliga piçoq olgan holda özini himoya qilişga uringan. Qolaversa, baqir-çaqirni eşitgan qöşni xonada ijarada yaşovçi fuqarolar kelib qolgan.

Sudda M.M. ayolga tegajoğlik qilmaganini aytgan. Ayol esa bölib ötgan holatni aytib, erkakka nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

“Şahvoniy şilqimlik qildi. Özimni yöqotib, dovdirab qoldim. 9 oylik kelinçakman, qölimga piçoq olib, özimni himoya qilişga majbur böldim. Darrov erimga qönğiroq qilib, bölgan holatni aytib berdim”, degan jabrlanuvçi sudda.

JIB Şayxontohur tuman sudining 2025 yil 26 noyabrdagi qarori bilan M.M. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (şahvoniy şilqimlik) huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Avvalroq Toşkentda avtobusda qizlarga şilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamalgandi.