Google Gemini sun’iy intellekt çat-boti özbek tilini joriy qildi, deb xabar berdi Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Toşkentda bölib ötgan «Sun’iy intellekt davrida yetakçilik: strategiya va innovatsiya» panel sessiyasida bu haqda e’lon qilingan. Muhokama iştirokçilari qatorida bölgan Google Cloud hukumatlar bilan aloqalar va davlat siyosati böyiça rahbari Marina Juniç Google Gemini platformasi endi özbek tilini qöllab-quvvatlayotganini ma’lum qilgan.
Ta’kidlanişiça, uşbu yangilik Özbekistonda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirişda muhim qadam bölib, mahalliy mutaxassislar, tadbirkorlar va aholi uçun zamonaviy SI yeçimlaridan ona tilida foydalaniş imkoniyatini yaratadi.
Tadbirda şuningdek, Özbekistonning raqamli transformatsiya jarayonlari, sun’iy intellekt sohasidagi global tendensiyalar va xalqaro hamkorlik masalalari ham keng muhokama qilingan.








