Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati ma’muriyati migrantlarga kurer va şifokor bölib işlaşni taqiqladi. Tegişli farmonni viloyat gubernatori Gleb Nikitin imzoladi. Hujjat e’lon qilingan kundan boşlab ön kun içida kuçga kiradi.

«U [farmon] fuqarolarning bandlik darajasini oşiriş, mehnat bozorida raqobat şaroitlarini yaratiş, Rossiya fuqarolari huquqlarini himoya qiliş va mintaqada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaş maqsadida qabul qilingan», deyiladi xabarda.

Çeklovlar 16 faoliyat sohasiga, jumladan kurerlik yetkazib beriş, soğliqni saqlaş, madaniyat, umumiy ovqatlaniş va sport sohalariga ta’sir körsatdi. 2024 yilda bunday hududlarda iş bilan band bölgan migrantlar soni 10 foizdan kam bölgan.

Iş beruvçilar farmon kuçga kirgan kundan boşlab uç oy muddatda kadrlar strategiyasini qayta körib çiqiş va migrantlar sonini yangi talablarga moslaştiriş kerak böladi.

Nijniy Novgorod viloyatidagi çet el fuqarolari hali ham qişloq xöjaligi, quriliş va işlab çiqariş kabi kadrlar kamyob bölgan sohalarda işlaşi mumkin.