Kuala-Lumpurdan Pekinga MH370 reysini amalga oşirgan Malaysia Airlines aviakompaniyasining Boeing samolyoti qoldiqlarini qidiriş işlari 30 dekabrda, bortida 239 kişi bölgan samolyot ğoyib bölganidan 10 yildan köproq vaqt ötib qayta boşlanadi. Bu haqda Malayziya hukumati ma’lum qildi, deb xabar berdi BBC.
Bu joriy yilning mart oyida boşlangan, ammo tez orada yomon ob-havo şaroiti tufayli töxtatilgan qidiruv işlarining davomidir.
Rejaga köra, qidiruv operatsiyasi 55 kun davom etadi. Qidiruv aynan qayerda ötkazilişi ma’lum qilinmagan.
«Sönggi voqealar Malayziyaning uşbu fojiadan jabr körgan oilalarni qöllab-quvvatlaşga intilişini ta’kidlaydi», deb ma’lum qildi mamlakat transport vazirligi.
MH370 reysini amalga oşirayotgan Boeing 777 samolyoti 2014 yil 8 martda ğoyib bölgan. Laynerning sirli ğoyib bölişidan söng aviatsiya tarixidagi eng katta va qimmat qidiruv işlari olib borildi.

Qidiruv işlarini Ocean Infinity kompaniyasi olib boradi. Şartnoma şartlariga köra, agar layner bölaklari topilmasa, kompaniya heç qanday pul mukofoti olmaydi. Agar uning qoldiqlari topilsa, Ocean Infinity 70 mln dollar oladi, bu haqda avvalroq transport vaziri Loke Syu Fuk ma’lum qilgandi.
Layner yöqolganidan keyin 2014 yilda boşlangan qidiruv işlarida köplab davlatlar iştirok etdi, 26 mamlakatdan 60 ga yaqin kema va 50 ta samolyot jalb qilindi. Minglab okeanograflar, aviakonstruktor-muhandislar va havaskor qidiruvçilar parvoz qayerda tugaganini hisoblaşga urinib, parvoz haqidagi uzuq-yuluq ma’lumotlarni örgandi.
2015 yil iyul oyida Hind okeanidagi Reyunion oroli qirğoğida samolyotga tegişli deb taxmin qilinayotgan bir neçta katta bölak topildi. Qidiruv işlari faqat 2017 yil yanvar oyida yakunlandi. 2018 yil yanvarda boşlangan Ocean Infinity kompaniyasining takroriy qidiruv işlari ham 6 oydan söng samarasiz yakunlandi.
MH370 reysini amalga oşirgan samolyot 2014 yil 8 martda havoga kötarilganidan bir soat ötib ğoyib bölgan. Bortida 227 yölovçi va 12 nafar ekipaj a’zosi bölgan Boeing 777-200 samolyoti Vetnam havo hududini kesib ötişi kerak edi va qandaydir sababga köra yönalişni keskin özgartirdi, şundan söng dispetçerlar bilan aloqa uzildi.








