Kun.uz Toşkent viloyati Piskent tumanidagi Toşkent dengiziga yaqin hududda köplab daraxtlar kesib taşlanganiga oid videomurojaatni e’lon qilgaç, viloyat ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, örganiş davomida «Lolariq» MFYdagi “Yangi zamin boğdorçilik va uzumçilik şirkati” hududida joylaşgan fermer xöjaligiga qaraşli maydonning dala çetida ösib turgan 24 tup tol daraxti heç qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravişda kesib taşlangani aniqlangan.

Şu sabab boşqarma fermer xöjaligi rahbaridan tuşuntiriş xati olgan va dalolatnomani rasmiylaştirgan. Tabiatga yetkazilgan zarar 218 566 000 söm miqdorida hisoblangan va rahbar jarimaga tortilgan.

Ma’lum qilinişiça, holatga huquqiy baho beriş uçun töplangan hujjatlar Toşkent viloyati prokuraturasiga yuboriladi.