Raqobat qömitasi ogohlantiradi: har xil kurslar sotiş bilan şuğullanuvçi platformalar ustidan 1200 ga yaqin şikoyatlar tuşgan. Mijozlar sifatsiz xizmat, körsatilmagan xizmat uçun tölov va pullarni qaytarmaslik holatlaridan arz qilmoqda. Ayollarni boy qilişni va’da bergan “Badavlat ayol” loyihasi ham şular jumlasidan.
Ötgan yili internetda “Badavlat ayol” nomi bilan yangi onlayn-loyiha paydo böldi. U özini “ayollarni moliyaviy erkinlikka olib çiquvçi zamonaviy maktab” sifatida taqdim etdi. Reklamada taniqli aktrisa iştirok etdi va u loyihani “baxt va boylik siri” deb ta’rifladi.
Ta’kidlanişiça, “Badavlat ayol” loyihasi eng zör ekspertlar iştirokida moliyaviy savodxonlik, şaxsiy ösiş va onlayn biznesni örgatadi. Bunday reklama ortidan minglab ayollar – uyda bola boqib ötirganlar, kiçik biznes boşlaşni orzu qilganlar, qarz yoki maişiy bosim ostida bölganlar – kursga röyxatdan ötdi. Biroq qisqa vaqt içida bu illyuziya sindi. Bu haqda Kun.uz suriştiruv e’lon qilgandi.
Vaqtinça öz faoliyatini töxtatgan loyiha şu yilning avgustida yana öşa taniqli aktrisa Rayhon Ulasenova iştirokida öz reklamalarini boşladi. Bizga esa murojaatlar kelişda davom etmoqda.
Kurs uçun Uzum Nasiya orqali qarz olib pul tölagan murojaatçilar darslar sifatsiz taşkil qilinganini aytmoqda. Ularning şikoyatiga köra, heç qanday dastursiz, va’da qilingan mutaxassislarsiz onlayn suhbat bölgan xolos.
“Men bu loyihadan motivatsiya emas, stress oldim. Turmuş örtoğim vafot etgan, özim yolğiz boquvçiman. Hozir farroşlikdan oladigan maoşimdan Uzum Nasiya'ga tölayapman. Heç kim javob bermaydi, çatlar yopilgan, pulim ham qaytarilmadi”, – deydi loyiha iştirokçilaridan biri.
Yana bir iştirokçi loyiha uning hayotini özgartirişidan umid qilganini aytdi.
“Tijorat yoki boşqa yönalişlarda yöl topişingiz uçun qulay imkoniyat deb reklama qilingan edi. Heç qanaqa imkoniyat körmadim. Şunçaki, Telegram orqali dars böldi. Rayhon Ulasenova har jumada bizga suhbat va’da qilgandi, lekin bölmadi. Yaxşi narsa körmadik, şunçaki internet orqali dars, buni özimiz internet orqali örgansak ham bölardi. Qöşilişda oson qöşildik, lekin çiqib ketişga imkoniyat bermadi.











