Bir neça kun oldin alğov-dalğov bölib ketgan dunyo diplomatiyasida kutilmagan voqea sodir böldi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko 123 mahbusni ozod qildi. Ular orasida 2020 yilgi yirik hukumatga qarşi namoyiş yetakçilari ham bor edi.
Lukaşenko Tramp bilan kelişganidan keyin uni hukumatdan ketkazmoqçi bölgan odamlarni ozod qilişga rozi böldi. Bekorga emas, albatta, Vaşington Belarusga qarşi ba’zi sanksiyalarni bekor qildi. Bu iş dunyo diplomatiyasi inqirozga yuz tutgan bir vaqtda sodir bölgani bilan ahamiyatli.
Kim özi ular?
Belarusdagi qamoqxonalardan umumiy hisobda 123 mahbus ozod qilindi. Ular orasida 2020 yilgi saylovda qatnaşiş istagini bildirganidan keyin qamoqqa taşlangan Viktor Babariko, namoyişlar taşkilotçilaridan bölgan muxolifatçi Mariya Kolesnikova, huquq himoyaçisi Vladimir Labkoviç, tinçlik böyiça Nobel mukofoti lauriati Ales Belyatskiy va yana köplab siyosiy mahbuslar bor edi. Ozod qilinganlarning aksari aynan Lukaşenko iste’fosini talab qilib ötkazilgan namoyişlar sabab qamoqqa olingan siyosiy mahbuslar.
Ozod qilingan 123 mahbusdan 114 nafari kutilmaganda Ukrinaga yuborildi. Odatda Belarusdan ozod qilingan siyosiy mahbuslar Litvaga yuborlardi, lekin bu gal uruş ketayotgan Ukraina varianti qabul qilindi. Mahbuslar Ukrainaga yuborilişi varianti oxirgi daqiqalarda ma’lum bölganiga qaramay, Kiyev taklifni tezda qabul qilgan.
Ozod qilingan Viktor Babariko va Mariya Kolesnikova 2020 yilgi namoyişlar vaqtida mamlakatni tark etmasa, qamoqqa olinişini bilgan holda Belarusda qolgandi. Şu bois ular belaruslar orasida qattiq hurmat qilinadi. Bir söz bilan aytganda, Lukaşenko 2020 yil uning iste’fosini talab qilib köçalarga çiqqan xalqni namoyişga boşlagan muxolif liderlarini ozod qildi. Oldinroq 2020 yil Lukaşenkoning eng asosiy siyosiy raqibi sifatida qaralgan Sergey Tixanovskiy ham qamoqdan çiqarilgandi. Lukaşenko nega özining siyosiy duşmanlarini ozod qildi?
Diplomatiya ğalabasi
Albatta, Lukaşenko vijdoni uyğonib siyosiy mahbuslarni qöyib yuborgani yöq, bu iş amalga oşişi uçun AQŞ prezidenti ma’muriyati köp ter tökdi. Ha, belaruslik siyosiy mahbuslar ozod qilinganining eng asosiy sababçisi – AQŞ prezidenti Donald Tramp. U Lukaşenkoni «kuçli lider» deb maqtadi, maxsus vakilini uçraşuv uçun Belarusga yubordi, sanksiyalarni olib taşlaşini aytdi. Xullas, Tramp AQŞ diplomatiyasi qilişi kerak bölgan eng asosiy işni uddaladi – siyosiy mahbuslarni ozod qildi.








