Butunjahon turizm taşkiloti tomonidan e’lon qilingan sönggi tahliliy ma’lumotlarga köra, Özbekiston 2025 yilning yanvar-sentabr oylarida xorijiy sayyohlarni jalb qiliş böyiça dunyo miqyosida eng yuqori ösiş qayd etilgan top-7 davlatlar qatoriga kirdi.

Xususan, mamlakatga taşrif buyurgan xalqaro turistlar oqimi 2019 yil darajasiga nisbatan 73 foizga oşgan. Bu borada Özbekistonga nisbatan yaxşiroq natijalar faqat Butan (+203 foiz), Qatar (+138 foiz), El Salvador (+88 foiz), Albaniya (+83 foiz) va Bahraynda (+76 foiz) qayd etilgan.

Şuningdek, joriy yilning 9 oyida Özbekistonga kelgan xalqaro turistlar soni 2024 yilning mos davriga nisbatan 13 foizga köpaygan. Bu Yevropa mintaqasida Isroil (+23 foiz), Finlandiya (+15 foiz) va Norvegiyadan (+14 foiz) keyingi eng yaxşi törtinçi körsatkiç.