HONOR X9e Pro taqdimoti qanday ötdi?

Tadbir Piramit Tower majmuasining 48-qavatida bölib ötdi. Qurilma bilan odatiy taqdimot orqali taniştiriş örniga, taşkilotçilar mehmonlar smartfon imkoniyatlarini amalda körişlari mumkin bölgan interaktiv zonalarni taşkil etdi.

Kiriş qismida mehmonlarni suvga botirilgan smartfonlar joylaştirilgan akvarium kutib oldi. Taşrif buyuruvçilar qurilmani mustaqil ravişda suvdan olib, uning işlaşini tekşirişlari mumkin edi. Boşqa zonalarda esa korpusning mexanik taʼsirlarga çidamliligi namoyiş etildi: smartfonlar balandlikdan taşlandi, zarbalarga duçor qilindi va peyntbol quroli bilan öqqa tutildi.

Image

Dastur doirasida harorat sinovlariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Qurilmalar yuqori va past haroratlar taʼsirida sinalib, işlab çiqaruvçi tomonidan bildirilgan çidamlilik imkoniyatlari namoyiş etildi. Eng noodatiy tajribalardan biri smartfon ustida sabzavotlarni töğraş böldi. Şundan söng qurilma şörva solingan qozonga tuşirildi.

Interaktiv qism yakunlangaç, smartfonning rasmiy taqdimoti bölib ötdi. Unda mehmonlarga qurilmaning konstruksiyasi, texnik xususiyatlari va imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi.

Image

Nima uçun akkumulyatorga alohida eʼtibor qaratildi?

HONOR X9e Pro törtinçi avlod kremniy-uglerod texnologiyasi asosida işlab çiqarilgan, 11 000 mA·soat siğimli akkumulyator bilan jihozlangan. Işlab çiqaruvçi maʼlumotlariga köra, smartfon belgilangan foydalaniş ssenariylarida quvvatlanmasdan uç kundan ortiq işlaşi mumkin.

Bunday katta quvvat zaxirasi köp vaqtini uydan taşqarida ötkazadigan, navigatsiyadan foydalanadigan, suratga oladigan, video tomoşa qiladigan va kun davomida doimiy aloqada bölişi zarur bölgan foydalanuvçilar uçun qulaylik yaratadi.

Image

Smartfon 80 Vtgaça quvvatga ega HONOR SuperCharge tezkor quvvatlaş texnologiyasini qöllab-quvvatlaydi. Şuningdek, 27 Vt quvvatli simli teskari quvvatlaş funksiyasi mavjud bölib, u orqali mos keluvçi boşqa qurilmalarni ham quvvatlaş mumkin.