Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Rişton tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.

Tadbir davomida fuqaro R.O. umumiy bahosi 71,9 mln sömlik 2 248 quti “Esse Change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini “Qozi Ahror” MFY hududidagi Özbekiston-Qirğiziston çegarasini kesib ötuvçi ariqdan Özbekiston hududiga olib ötgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş yoki işlab çiqariş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.