2018 – 2019 yillardan boşlab bugungi kungaça respublikada 38 ming xonadonli köp qavatli uylar noqonuniy qurilgan. Bu haqda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Şerzod Hidoyatov ma’lum qildi.
Vazirning ta’kidlaşiça, noqonuniy quriliş bir neçta toifalarga bölinadi.
«Birinçidan, bu yerning ruxsatisiz, hokim qarorisiz olingani bilan boğliq holatlar. Ikkinçidan, loyihalar arxitektura kengaşidan ötmagan va normativlarga muvofiqligi tekşirilmagan. Uçinçidan, yer böyiça qaror bor, loyiha kengaşdan ötgan, ammo litsenziyaga ega bölgan ekspertiza taşkilotiga ham, davlat ekspertizasiga ham yuborilmagan», — dedi Hidoyatov.
Quriliş vazirining qöşimça qilişiça, noqonuniy qirilgan obektlar bilan işlaş uçun maxsus işçi guruh tuzilgan.
«Noqonuniy quriliş masalasiga töxtaladigan bölsak, taxminan 2018 — 2019 yillardan boşlab bugungi kungaça respublikada 38 ming xonadonli köp qavatli uylar noqonuniy qurilgan. Uşbu 38 mingta obekt böyiça işçi guruh tuzildi. Aniq belgilandi, joylarga borib, qurib bitkazilgan binolarni örganib, zilzilabardoşligini ta’minlaş imkoni bölsa, instrumental tekşiruvlar ötkazilişi şart», — dedi vazir.








