2026-2027 yillar kuz-qiş mavsumida aholiga mahalliy kömir yetkazib berişning yangi tartibi joriy etilmoqda. Bu haqda «Özbekkömir» AJ xabar berdi.

Yangi mexanizmga köra, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilaga xarid qilingan har bir tonna kömir uçun 300 ming sömdan, bir kalendar yilda jami 600 ming sömgaça kompensatsiya beriladi. Şuningdek, aholiga mahalliy kömir yetkazib beriş jarayoniga xususiy tadbirkorlar ham jalb qilinadi.

Aholi ehtiyojlari uçun 2026-yilda 1,53 mln tonna mahalliy kömir yetkazib beriş rejalaştirilgan. Hozir kömirni hududlar kesimida taqsimlaş va birja savdolariga çiqariş işlari bosqiçma-bosqiç olib borilmoqda.

Andijon, Farğona va Namangan viloyatlari aholisi uçun birja savdolariga çiqarilgan kömirning dastlabki partiyalari xususiy tadbirkorlar tomonidan xarid qilingan. Ayni paytda şartnomalarni rasmiylaştiriş va kömirni hududlarga yetkazib beriş işlari davom etmoqda.

Kömir tegişli omborlarga yetkazilgaç, uning sotuvi tadbirkorlar tomonidan mycoal.uz elektron platformasi orqali taşkil etiladi. Sotuv boşlanadigan sana, ombor manzili, mavjud kömir miqdori va boşqa maʼlumotlar platformada hududlar kesimida eʼlon qilinadi.