Tashrif davomida «Rosatom» davlat korporatsiyasining kapital qurilish bo‘yicha direktori Dmitriy Volkov va davlat korporatsiyasi ekspertlik organi – Tarmoq kapital qurilish markazi vakillari bilan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish Jizzax viloyatida qurilayotgan atom elektr stansiyasi loyihasi doirasida loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish masalalariga bag‘ishlandi.

Tomonlar loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi, shuningdek, milliy mutaxassislar salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonidagi hamkorlikni ta’minlash maqsadida qo‘shma ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Atom sanoati qurilish kompleksi tashkilotlari assotsiatsiyasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar davomida asosiy e’tibor Assotsiatsiyaga a’zo kompaniyalar bilan O‘zbekiston hududida hamkorlikni tashkil etish masalalariga qaratildi.

Bundan tashqari, Vengriyaning MVM EGI Zrt. kompaniyasi vakili bilan ham muzokaralar o‘tkazildi. Unda quruq gradirnyalarni barpo etish bilan bog‘liq masalalarni hal etish bo‘yicha yaqin istiqboldagi amaliy qadamlar belgilab olindi.