Toşkent şahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda “tirik kitob” nomi bilan tanilgan kitob sotuvçisi Xayrulla Asadov faoliyati böyiça tarqalayotgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat berdi.

Ta’kidlanişiça, avvalroq Toşkent şahar hokimligi taşabbusi bilan unga Olmazor tumanidagi Talabalar şaharçasi hududida doimiy savdo nuqtasi taşkil etilgan.

“Mazkur savdo joyi hozir ham faoliyat yuritmoqda, u yopilmagan va heç kim tomonidan olib qöyilmagan”, deyiladi hokimlik rasmiy munosabatida.

Qayd etilişiça, hozirda Talabalar şaharçasida yozgi ta’til davri sabab xaridorlar oqimi vaqtinça kamayganligi bois kitob sotuvçisi öz taşabbusi bilan vaqtinça «Buyuk Ipak Yöli» metro bekati hududida savdo qilmoqda.

“Şu munosabat bilan, unga ajratilgan savdo joyi olib qöyilgani yoki u avvalgi joyidan çiqarib yuborilgani haqidagi xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi. Olmazor tumanidagi savdo nuqtasi saqlanib qolgan va undan foydalaniş imkoniyati mavjud”, deya ta’kidlagan poytaxt hokimligi.

Avvalroq Xayrulla Asadov noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullangani uçun jarimaga tortilib, yuzta kitobi musodara qilingandi.