Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi Ukrainani Yevropani urushga tortishga urinayotganlikda aybladi.
«Zelenskiy Eron savdo kemasiga hujum qilib bir dengizchining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu - Isroil manfaatlari yo‘lida Yevropani urushga tortish maqsadida amalga oshirilgan, BMT Nizomini ochiqchasiga buzish hisoblanadi», - deb yozdi u X tarmog‘idagi sahifasida.
Araqchi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas bilan qo‘ng‘iroqlashganini ma’lum qildi.
«Kiyevdagi tekinxo‘rning bu harakatlari javobsiz qolmasligini ochiqchasiga aytdim», - deya qo‘shimcha qilgan Araqchi.
25 iyul kuni Eron tashqi ishlar vazirligi Ukraina Eron kemasiga hujum qilishi oqibatida bir kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Ushbu voqeadan so‘ng Ukrainaning Tehrondagi ishonchli vakili Eron tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan va unga norozilik notasi topshirilgan.








