Ötgan yilning eng korrupsiyaviy taşkilotlari deb Maktabgaça va maktab ta’limi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda mahalliy hokimliklar topildi. Uzoq vaqtdan beri kutilayotgan amaldorlar mol-mulkini deklaratsiyalaş va korrupsionerlar reyestrini tuzişga oid qonun loyihalari hali qabul qilinmaydigan körinadi. Samarqandda taniş-bilişçilik qilgan MMTB mansabdorlari işdan böşatilişi böyiça taqdimnoma kiritildi. Antikorrupsiya agentligida ötgan yiğilişda şu kabi muhim masalalar yuzasidan OAV bilan savol-javob böldi.

6 fevralda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi binosida agentlik vakillari hamda jamoatçilik kengaşining ötgan yilda amalga oşirilgan işlar hisoboti hamda bu yil nimalar kutilayotgani yuzasidan yiğilişi bölib ötdi.

Şu yiğilişdan söng, taşkilot direktori Akmal Burhonov va OAV vakillari bilan savol-javob körinişida muloqot ötkazildi. Unda şu kunlarda dolzarb bölib turgan ayrim masalalar muhokama qilindi.

Xususan, korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolar nega rağbatlantirilmayotgani, Samarqandda maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasida yuzaga kelgan nepotizm holati, mansabdorlarning mol-mulkini deklaratsiyalaşga oid qonun loyihasi qabul qilinişi nega keçikayotganiga izoh berildi.

Qolaversa, 2025 yilning eng korrupsiyaviy deb topilgan davlat taşkilotlarining nomi ham e’lon qilindi. Quyida yiğilişdagi şundan şarh keltiriladi.

Korrupsiya haqida xabar berganlarning rağbatlantirilişi va himoyasi yöq

2020 yilda hukumat qabul qilgan “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi qonunga muvofiq, korrupsiya holatlari haqida xabar bergan fuqarolarni rağbatlantiriş va himoya qiliş tartibi belgilangan.

Şunga muvofiq hozirgaça qança odam pul bilan mukofotlandi? Burhonovning ma’lum qilişiça, 2024 yilda 40 ta şunday xabar kelgan va uning atigi bittasigina rağbatlantirilgan. Agentlik direktori bu muammoni muvofiqlaştiruvçi yagona idora yöqligi bilan boğladi.

“Qonunçilikda bor edi, qançadir summasi unga berilişi kerak. Lekin bu işlamagan, ya’ni muvofiqlaştiradigan idora bölmagan. Biz taklif berganimizda, davlat rahbari tomonidan qöllab-quvvatlanib, 270-son farmonga