Eronda namoyişlar 28 dekabr kuni boşlandi. Sababi – iqtisodiy inqiroz: milliy valuta kursi qulagan va inflatsiya kuçaygan. Ammo sof iqtisodiy şiorlar juda tezlik bilan siyosiy şiorlarga aylandi: namoyişçilar oyatulloh Ali Xominaiyni taxtdan ağdariş va islom respublikasining butun siyosatini qayta körib çiqişni talab qilmoqda. Tartibsizliklar va xavfsizlik kuçlari bilan töqnaşuvlar natijasida kamida sakkiz kişi halok böldi. AQŞ prezidenti Donald Tramp allaqaçon namoyişçilarga yordam berişga tayyorligini ma’lum qildi. «Meduza» namoyişlar qanday rivojlanayotgani va bu nimaga olib kelişi mumkinligi haqida yozdi.
Namoyişlar nimadan boşlandi?
2025 yil sentabrida BMT 2006 yilda yadroviy dasturi tufayli Eronga qarşi qöllangan va 2015 yilda «Eron yadro kelişuvi» doirasida bekor qilingan sanksiyalarni qaytadan tikladi. Sanksiyalar qaytişi Eron milliy valutasi kursi keskin qulaşiga olib keldi: 2025 yilda bir dollar bir million riyol atrofida baholangan bölsa, dekabrga kelib kurs qariyb bir yarim millionga yetdi (uç yil oldin kurs bir dollar uçun 430 ming riyol atrofida edi). Riyol kursi qulaşidan eng köp zarar körganlar orasida uyali telefon sotuvçilari ham bor edi: ular narxlarni oşirişga majbur bölişdi va köpçilik xaridorlarini yöqotişdi. 28 dekabrda ular iş taşladi va köp ötmay boşqa guruhlar ham sotuvçilarga qöşildi.
Eronda inflatsiya beş yildan beri yiliga 30-40 foiz darajasida saqlanib qolmoqda. 2025 yilda oziq-ovqat mahsulotlari 70 foizdan ortiq, dori-darmonlar 50 foizga qimmatlaşdi. Kuzda esa bunga sönggi yarim asrdagi eng kuçli qurğoqçilik qöşildi. Bu muammoning asosiy sababi yoğingarçilik yöqligi edi, hokimiyatning köp yillik ehtiyotsiz siyosati – çeklangan suv resurslaridan nazoratsiz foydalaniş vaziyatni sezilarli darajada yomonlaştirdi.
Şunday fonda Eron 2025 yil iyunida 12 kunlik uruşni boşdan keçirdi. Isroil bu uruşning dastlabki kunlaridayoq Eronning havo hujumidan mudofaa tizimini butkul yakson qildi, harbiy rahbariyatning deyarli barça vakillarini, şuningdek, yadro dasturi bilan şuğullanuvçi yetakçi olim va muhandislarni öldirdi. Nafaqat yadroviy obektlar, balki neft korxonalari ham zarbaga uçradi. Uruşning yakuniy bosqiçida AQŞ ham Isroilga qöşildi: amerikalik harbiylar Fordo yadroviy obektiga bunkerga qarşi öta kuçli bombalarni taşladi.
Uruşdan keyin Eron hukumati, bir tomondan, ba’zi yengilliklarni joriy qildi – xususan, köçaga hijobsiz çiqqan ayollarni jazolaşni amalda töxtatdi (bu 2022–2023 yillarda Eronda sönggi ön yilliklardagi eng yirik norozilik tölqiniga sabab bölgandi). Şu bilan birga, siyosiy dissidentlarga qarşi qatağonlar kuçaydi. 2025 yilda qariyb ikki ming kişi qatl etilgan, oldingi yillarda qatllar soni köpi bilan bir neça yuzni taşkil etgan.















