AQŞ moliya vaziri Skott Bessent 24-avgust kuni ötkazilgan matbuot anjumanida Vaşington Eronning iqtisodiy hamkorlariga nisbatan bosimni kuçaytirişini maʼlum qildi.
Uning sözlariga köra, Eron bilan iqtisodiy munosabatlarni davom ettirayotgan tomonlar AQŞning sanksiya çoralariga duç kelişi mumkin.
Bessent AQŞ Moliya vazirligi Eron neftini noqonuniy sotiş va amaldagi sanksiyalarni çetlab ötişda foydalanilgan asosiy markazlar, vositaçilar va tarmoqlarni aniqlaganini bildirdi.
60 dan ortiq şaxs, taşkilot va kema sanksiyaga tuşişi mumkin
AQŞ tomoni 60 dan ortiq yuridik va jismoniy şaxs, şuningdek, dunyoning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan savdo kemalariga sanksiya joriy etiş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Vaşington daʼvosiga köra, uşbu tarmoqlar orqali Tehron yadroviy va raketa texnologiyalarini qölga kiritgan, neft savdosidan daromad olgan va kiberoperatsiyalarni amalga oşirgan.
Biroq Bessent qaysi davlatlar, kompaniyalar yoki şaxslar yangi «qora röyxat»ga kiritilişi mumkinligini oçiqlamagan.
Matbuot anjumanida undan Eron neftining asosiy xaridori hisoblangan Xitoyga nisbatan ham sanksiyalar qöllanişi mumkinmi, deb söralgan.
Bessent bunga aniq javob bermagan, biroq heç kim Vaşingtonning bu boradagi qatʼiyatini sinab körmasligi kerakligini taʼkidlagan.
Vaşington Eron hamkorlaridan «zudlik bilan harakat» kutmoqda
AQŞ Eron bilan hamkorlik qilişda gumon qilinayotgan davlatlar va taşkilotlardan muayyan iqtisodiy aloqalarni töxtatiş böyiça tezkor çoralar körişni talab qilmoqda.
Bessentning aytişiça, AQŞ Moliya vazirligi, Davlat departamenti va Mudofaa vazirligi vakillari dunyo böylab hamkor davlatlar bilan aloqada bölib turibdi.
Har bir mamlakatga Eron bilan boğliq muayyan faoliyatni töxtatiş uçun alohida muddat berilişi rejalaştirilgan. Agar belgilangan talablar bajarilmasa, Vaşington tegişli çoralarni köradi.
Ayni paytda AQŞ tomoni bu muddatlar qança bölişini oçiqlamagan. Şuningdek, talablarni bajarmagan alohida mamlakatlarga nisbatan aynan qanday çoralar körilişi ham maʼlum qilinmagan.

















