1-noyabrdan Qozoğistonda çet el fuqarolari uçun elektron kiriş ruxsatnomalari (ETA – Electronic Travel Authorization) bosqiçma-bosqiç joriy etila boşlandi. Yangi tartib Qozoğiston hukumatining 10-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan.

Bunday ruxsatnoma birinçi navbatda Qozoğiston bilan vizasiz rejim amal qiladigan mamlakatlar fuqarolari uçun közda tutilgan.

Hujjatni QazETA raqamli platformasi orqali rasmiylaştiriş mumkin. Bu yangi tartib sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalar va xorijiy mutaxassislarni taklif qiluvçi taşkilotlarga ham taʼsir qiladi.

Tizim bir neça bosqiçda joriy etiladi:

  • 2026-yil 1-noyabrdan – Aqtau xalqaro aeroportida Pavlodar oblastidagi «Urlyutobe», Jambil oblastidagi «Auxatti», Turkiston oblastidagi «Atameken» hamda Yettisuv oblastidagi «Nurli Jöl» avtomobil nazorat-ötkaziş punktlarida;

  • 2027-yil 1-yanvardan – Ostona va Olmaota aeroportlarida;

  • 2027-yil 1-martdan – davlat çegarasidagi qolgan barça nazorat-ötkaziş punktlarida.

QazETA platformasi 2026-yil yanvar oyidan boşlab sinov rejimida işlamoqda. Uning yordamida mamlakatga kiriş uçun röyxatdan ötiş, elektron viza oliş, elektron rezidentlik va çegarani kesib ötiş töğrisidagi maʼlumotnomani oliş mumkin.

Birinçi bosqiç doirasida, 2027-yil 30-iyunga qadar xorijliklar Qozoğistonga ruxsatnomasiz ham kirişi mumkin, biroq çegarada ularga bu talab haqida ogohlantiriş beriladi. 2027-yil 1-iyuldan esa ruxsatnoma yöqligi mamlakatga kirişni rad etişga asos böladi.

Sayyohlar uçun ETA rasmiylaştiriş bepul böladi.

Ariza topşiriş uçun quyidagilar kerak:

  • Amal qiliş muddati kamida 6 oy bölgan xorijga çiqiş pasporti;

  • Javobni qabul qiliş uçun faol elektron poçta manzili;

  • Safar maqsadi.

Ruxsatnoma milliy xavfsizlik organlari bilan kelişilgan holda içki işlar organlari tomonidan beriladi va 180 kalendar kun davomida amal qiladi. Şu bilan birga, xorijlik fuqaroning mamlakat hududida böliş muddati amaldagi migratsiya qoidalari bilan çeklanadi (xususan, Özbekiston fuqarolari Qozoğistonda vizasiz 90 kungaça bölişlari mumkin).