2026-yilning yanvar-sentabr oylarida xalqaro pul ötkazmalari tizimlari orqali Özbekistonga 15,2 mlrd dollar kelib tuşdi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 9 foizga, 2024-yilning mos davriga nisbatan esa 34,6 foizga köp.

«2026-yilning yanvar-sentabr oylarida xalqaro pul ötkazmalari orqali mamlakatimizga 15,2 mlrd dollar miqdorida valyuta mablağlari kelib tuşgan bölsa, 2 mlrd dollar mablağ çiqib ketdi hamda 13,2 mlrd dollarlik ijobiy saldo şakllandi», deyiladi Markaziy bankning içki valyuta bozori şarhida.
Şuningdek, Özbekistondan xorijga ötkazilgan mablağlar hajmi 1,95 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu bir yil oldingidan (1,93 mlrd dollar) 0,9 foizga köp, öz navbatida, 2024-yilning 9 oyidagi körsatkiçdan (2,05 mlrd dollar) 5,3 foizga kam.
Oxirgi yillarda dinamika qanday özgardi?
2017-2025 yillar oraliğida Özbekistonga amalga oşirilgan pul ötkazmalari dinamikasining özgarişi quyidagiça bölgan:

2020-2025 yillar oraliğida mamlakatga yuborilgan ötkazmalar miqdori 3 barobarga, ularning yalpi içki mahsulotdagi uluşi esa 8,6 foizdan 12,8 foizgaça köpaydi.








