Noma’lum şaxslar Germaniyaning Şimoliy Reyn – Vestfaliya federal yerida joylaşgan Erkrat şahridagi elektr podstansiyasida yonğin çiqariş (qasddan yoqib yuboriş)ni uyuştirişga urindi. Bu haqda jamoat-huquqiy media kompaniyasi WDR 7 yanvar, çorşanba kuni keçqurun öz saytida Vuppertal prokuraturasiga tayanib xabar berdi.
Aniqlanişiça, tergovçilar diqqatini ehtimoliy jinoyatçilar — Kommando Angry Birds guruhi tomonidan yozilgan maktub (murojaat) jalb qilgan, u söl qanotga mansub indymedia platformasida e’lon qilingan. Uşbu maktub örganib çiqilgandan söng, politsiya Erkrat podstansiyasida tekşiruv ötkazdi. Yonğin çiqarişga urinişni jurnalistlarga prokuratura vakili — prokuror Volf-Tilman Baumert ham tasdiqladi.
Körinişiça, hujumçilarning maqsadi Erkratdagi Maks-Plank-ştrasse köçasida joylaşgan sanoat hududini elektrsiz qoldiriş bölgan. Jinoyatçilar maktubida aytilganidek, ular podstansiyadagi ikki transformatordan birini yoqib yuborişga uringan. Biroq prokuratura ma’lumotiga köra, hujum muvaffaqiyatsiz yakunlangan: podstansiya butun vaqt davomida uzilişlarsiz işlagan.
Prokuror Baumertning sözlariga köra, bu qasddan yonğin çiqariş muhim infratuzilmaga hujum hisoblanadi. “Agar u muvaffaqiyatli çiqqanida, ehtimol, katta kölamli elektr uzilişi sodir bölardi”, — deb tuşuntirdi u WDR bilan suhbatda.
Hodisa böyiça tergovni siyosiy motivlarda sodir etilgan jinoyatlarga qarşi kuraşişga ixtisoslaşgan, Dyusseldorfdagi davlat himoyasi bölimi — Staatsschutz olib bormoqda.








